Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“BOSH PROKUROR KUBOGI”

12.12.2022 277

Muhammadshukur MUHAMMADJONOV, “Yoshlar ovozi” muxbiri

Respublikamizda 14 ta hudud, 208 ta tuman va shahar, 824 ta sek­tor va 9349 ta mahalla mavjud. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mahallada yoshlarni sportga keng jalb qilish bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi” dasturi joriy etildi.

Shu tizim orqali kurash sport turi mahalladan boshlab, yoshlar o‘rtasida yanada ommalashtirilmoqda. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida joriy yil 10-sentabrdan start berilgan 2-mavsum sport muso­baqalarida aynan kurash sport turi bo‘yicha 160 ming nafardan ziyod yoshlar (shundan 53 ming nafar qizlar) ishtirok etdi.

Musobaqaning quyi bosqichlarida saralanib kelgan 80 nafardan ziyod polvonlar Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida final bahslarida “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori kubogi” uchun gilamga chiqdi.

Bellashuvlarda Malohat Bobonazarova, Dilshoda Amirova, Quvonchbek Narzullayev, Quvonch G‘aybullayev, Otabek Nurmatov, Jasur Taganov (Qashqadaryo viloyati), Marhaboxon Habibullayeva (Andijon viloyati), Gulira’no Suvonqulova (Navoiy viloyati), Amina Ma­medova (Toshkent shahri), Mohiniso Sabriyeva (Buxoro viloyati), Mu­hammadrasul G‘aniyev (Farg‘ona viloyati), Umid Rayimov (Jizzax viloyati) shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi.

Umumiy hisobda 1-o‘rin Qashqadaryo viloyatiga, 2-o‘rin Buxoro va 3-o‘rin Samarqand viloyatiga nasib etdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish