1985-yildan buyon Fransiyada o‘tkazilib kelinayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Mazkur nufuzli tadbirni munosib o‘tkazish maqsadida ko‘plab oliy ta’lim massalari qatorida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti oldiga Braziliyaning nufuzli OTMlari bilan hamkorlik aloqasi o‘rnatish vazifasi qo‘yilgan edi. Shu maqsadda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Braziliyaga xizmat safarida bo’lib turibdi.
27-noyabr kuni O‘zDJTU delegatsiyasi Braziliyaning jahon reytinglarida yuqori o‘rin egallagan Sao Paulo universitetiga tashrif buyurdi. O‘zDJTU rektori Ilhomjon To’xtasinov boshchiligidagi delegatsiyani Sao Paulo universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktori o‘rinbosari Prof, Dr, Larissa Driemeier kutib oldi.
O‘zDJTU vakillari Braziliyaning Sao Paulo universitetiga tashrifi doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Tadbirda Sao Paulo universiteti talabalari, professor-o‘qituvchilar, shtat rasmiylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida O‘zDJTU rektori professor Ilhomjon To’xtasinov so‘zga chiqib ikki universitet o‘rtasidagi mustahkam aloqalar haqida so‘zlab o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekiston ta’lim tizimidagi islohotlar va chet tillarning o‘qitilishi haqida so‘z yuritdi.
Tadbir davomida O‘zDJTU haqidagi videorolik namoyish etildi, hamda delegatsiya a’zolari tomonidan O‘zbekistonning buyuk shaxslari haqida ma’lumot berib o‘tildi. Tadbirdan O‘zbekiston madaniyati va urf-odatlariga oid ko‘rgazma materiallari namoyishi, O‘zbekiston bayrog‘i, milliy liboslar, so‘zana, hunarmandchilik namunalari (paxta gulli choynak-piyola, lagan, likopcha va laganlar, boboychalar, teriga chizilgan sur’at va b.) namoyish etildi. Ishtirokchilarga patir, shirinliklar, quruq mevalar taklif qilindi.
Shuningdek, yurtimizning tarixiy obidalari, madaniy yodgorliklari hamda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi “O‘zbekistonning bebaho merosi” deb nomlangan taqdimot, milliy hunarmandchilik va miniatyura namunalari ko‘rgazmasi o‘tkazilib, o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlari kuylandi. Milliy taomimiz bo‘lgan palov tayyorlanib, ishtirokchilarga tortiq etildi.