Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

BTlar soni yana bittaga ko‘paydi

17.5.2023 788

Shukurulloxon ANVAROV, Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi raisi

Diplomat university yoshlari uchun unutilmas kun bo‘ldi. Sababi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkilotining ta’sis yig‘ilishi o‘tkazilib, Yoshlar ittifoqi va Diplomat university nodavlat oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida qaror imzolandi.

Endilikda mazkur oliy ta’lim muassasasi bilan iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadigan klub va to‘garaklar faoliyatini tashkil etish maqsadida ikki tomonlama hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Universitet tomonidan boshlang‘ich tashkilot yetakchisi uchun tavsiya etilgan nomzodlar dasturlari tinglandi. Uch nafar nomzod ham xalqaro hamkorlik, sportni ommalashtirish, adabiyot, teatr, “Zakovat” intellektual turniri, “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi, “Munozara” turniri, talabalarning o‘zlashtirishi, ekologik muammolar yechimi hamda yoshlar manfaatiga keng yo‘l ochuvchi taklif va tashabbuslarini bildirdi. Nomzodlarning dasturiy faoliyati, reja va takliflari talaba-yoshlar tomonidan o‘rganilib, ovozga qo‘yildi.

Natijalarga ko‘ra, universitetning Iqtisodiyot fakulteti 1-kurs talabasi Asadbek Oblanazarov 43 ta ovoz bilan Diplomat university boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi etib tasdiqlandi.

Yurtimizda 60 dan ortiq xususiy OTM faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, Yoshlar ittifoqi hozirgacha ularning 50 dan ortig‘i bilan hamkorlik bitimlarini imzolagan.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish