YUNESKOning ijodiy shaharlar tarmog‘iga 55 ta yangi shahar qo‘shiladi. Ular orasida Buxoro “Ijodkorlik shaharlari tarmog‘i”da “Bukhara – Crafts and Folk Art” (hunar va xalq san’ati shahri) deb e’tirof etildi.
Yangi shaharlar madaniyat va ijodkorlikni qamrab olishga bo‘lgan qat’iy sodiqliklari hamda odamlarga yo‘naltirilgan shaharsozlikning innovatsion usullarini namoyish etishi uchun tan olingan.
So‘nggi qo‘shimchalar bilan tarmoq hozir yuzdan ortiq mamlakatning 350 ta shahrini qamrab olgan. Ular yetti ijodiy sohani ifodalaydi. Ya’ni hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati, dizayn, kino, gastronomiya, adabiyot, media san’at va musiqa.