Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Buzarmon qoʻllar...

2.3.2024 89

Zuhra TOJIBOYEVA, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Qishloq yo‘lidan boryapman. Juda tekis, ko‘rgan ko‘zni quvnatadi. Ha, yaqinda yotqizilgan asfalt chekka qishloq yo‘llarini ravon qilibgina qolmay, mahalla chiroyini ham ochib yuboribdi. Bundan qancha ko‘ngillar obod bo‘lganini aytmaysizmi?

Ammo manzilimga eltar yo‘lning yarmiga yetganimda, ne ko‘z bilan ko‘rayki, yaqindagina ta’mirlangan yo‘lni bir nechta yigit buzyapti. Suv quvuri tortishayotgan ekan.

“Yo‘llarimiz tekislanganiga bir oy bo‘ldi. Endi bir necha kishi kelib, “Suv xo‘jaligi”dan ekanliklarini, shu yo‘ldan Zomin suv quvuri o‘tkazilishi kerakligi aytishdi. Qo‘lidagi hujjatlarni ko‘rganimizdan so‘ng hech birimiz qarshilik qila olmadik”, deydi mahalla fuqarolaridan biri.

Nega asfalt yotqizilmasdan burun shu ish ish qilinmagan? Necha yillar o‘nqir-cho‘nqir bo‘lib yotgan yo‘l nihoyat tekis bo‘lganida buzilishiga sabab bo‘lyapti?

Maktabga borganimdan so‘ng huquq fanidan dars o‘tadigan ustozimga shu savollar bilan yuzlandim. U ham bu ishni oqlab bo‘lmasligini aytdi. Biroq davlat tashkilotidan kelgan xodimlarga qarshi chiqib bo‘lmaydi. Suv o‘tkazish ishlari butun O‘zbekiston bo‘ylab amalga oshirilyapti. Shunday ekan ko‘nikishdan boshqa ilojimiz yo‘q.

Bu yo‘l tekis bo‘lishini qancha kishi orzu qilmadi, buning uchun qancha mablag‘ sarflandi, mehnat qilindi, axir. Bilishimcha, bu yo‘llar 50 yildan ziyod vaqt mobaynida bunchalar to‘liq va sifatli ta’mirlanmagan. Bu holat ko‘plab hududlarda kuzatilyapti. Bugungi kunda Prezidentimiz tashabbusi bilan deyarli butun O‘zbekiston bo‘ylab yo‘llarni tekislashga katta ahamiyat qaratilyapti. Nahotki, shuncha mablag‘ sarflab tekislab bergan tashkilotlar bu qilinayotgan ishga befarq bo‘lsa. Hozir ham ba’zi chekka hududlarda shunday yo‘llar bor.

Bizning qishlog‘imiz yo‘li ham yaqindagina asfalt qilindi. Lekin shuncha intiqib kutgan odamlar yo‘lning qadriga yetishni ham bilarmikan?

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish