29.9.2023 37
Ustoz deganda har qaysi insonning ko‘nglida chuqur hurmat-ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg’ulari paydo bo‘ladi. Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari uchun 1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Navoiy shahridagi “Azamat Fayz“ restoranida bayram dasturxoni yozilib, tantanali tadbir tashkil etildi. Bayram munosabati bilan oliygohda taʼlim samaradorligini oshirish, yoshlarga taʼlim-tarbiya va zamonaviy fan sohalarini egallashda oʻz xizmatini ayamagan, hozirgi kunda nafaqa gashtini surayotgan, qolaversa, institut ravnaqi yo‘lida oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan professor-oʻqituvchilar institutimiz rektori Bahodir Sobirov tomonidan tashakkurnoma hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Bayram tadbiri kuy-qo‘shiqlar va unutilmas raqslar hamohangligida davom etdi.
26.9.2023 236
O‘zbekiston g‘alla hosildorligi bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinni egalladi Gʻalla yetishtirilgan syentner miqdori bo‘yicha jahon reytingida Irlandiya 100,8 t/ga bilan birinchi, Yangi Zelandiya (97,1 t/ga) va Buyuk Britaniya (78,1 t/ga) ikkinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston 68,4 t/ga natija bilan oltinchi o‘rinni egalladi va kuchli o‘nlikka kirdi. 10 talikka kirgan davlatlar:Irlandiya;Yangi Zelandiya;Buyuk Britaniya;Germaniya; Fransiya;O‘zbekiston;Misr;Xitoy.
22.9.2023 520
Juma kuni Volgaboʻyi hududidan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga respublika hududi boʻyicha nisbatan salqin havo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xizmati agentligi xabar qildi. Kunduzgi harorat +23…+28 darajani tashkil etadi, kam bulutli va quruq havo boʻladi. Shanba va yakshanba kunlari ham ushbu ob-havo sharoiti saqlanib turadi. Salqin havo massasi asta-sekin sharqqa tomon siljiydi. Dam olish kunlari havo harorati kechalari +11…+16 darajani tashkil etadi, kunduz kunlari +25…+30 darajagacha isiydi. Poytaxtda bugun yogʻingarchilik kutimaydi, kunduzgi harorat +23…+25 darajani tashkil etadi. Dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi, harorat kechalari +12…+14 daraja, kunduz kunlari +25…+27 daraja boʻladi.
21.9.2023 594
“Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga harbiy taʼlim muassasalarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, boshqa OTMda esa 15 foizi miqdoridagi qoʻshimcha ballar beriladi. Aynan shu toifadagi imtiyozli abituriyentlar sabab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetiga oʻqishga topshirgan 6 nafar abituriyent 189 ball toʻplasa ham, kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingandi.Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatovning tasdiqlashicha, bu talabalar kontraktdan grantga o'tkaziladi.2023/2024-oʻquv yili uchun test sinovlarida abituriyentlar toʻplagan ballari asosida oʻtkazilgan tanlov natijalariga koʻra Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro munosabatlar” yoʻnalishi (oʻzbek guruhi)ga toʻlov-kontrakt asosida tavsiya etilgan quyidagi abituriyentlar tomonidan maksimal 189 ball toʻplangan:1. Ahatov Aziza Shuhrat qizi;2. Abdulvohidova Muhayyoxon Lutfullo qizi;3. Xoʻjabekov Ubaydullo Neʼmatovich;4. Ergasheva Muxlisa Azizbek qizi;5. Tilavoldiyev Sanjar Zafarjon oʻgʻli.“Ushbu 5 nafar iqtidorli va maksimal ball toʻplagan yoshlar prezident tomonidan berilgan imtiyoz boʻyicha davlat granti asosida oʻqiydi”, deb maʼlum qilgan bosh vazir matbuot kotibi.Shuningdek, Qabul komissiyasi aʼzosi, Bilim va malakalarni baholash agentligi raisi Majid Karimovning maʼlum qilishicha, “Temurbeklar maktabi”ning ham kvotalarini alohida qilish ustida ish olib borilmoqda.Majid Karimovga koʻra, shunga oʻxshash keyingi holatlarning ham oldini olish uchun muntazam ishlovchi tartib ishga tushirilyapti.“Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidan boshqa OTMda bunday muammo yoʻq. Maksimal ball toʻplab ham kontraktga oʻqishga qabul qilinganlar aslida 6 nafar edi. Qoraqalpogʻistonlik bir talabaning muammosini hal qildik. Qolgan 5 nafarining muammosi esa bugun yoki ertaga hal boʻladi”, degan u.Eslatib oʻtamiz, mandat eʼlon qilingach, maksimal ball toʻplab ham kontrakt asosida oʻqishga kirgan abituriyentlar mavzusi va “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga berilgan imtiyoz jamoatchilik eʼtirozlariga sabab boʻlgandi.
20.9.2023 672
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi. chrashuvda O‘zbekistonning tez fursatda JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari mamlakatimiz o‘z oldiga o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish bo‘yicha qo‘ygan maqsadlardan kelib chiqqan holda tashkilotga qo‘shilish muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi. O‘zbekiston Prezidenti Ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishini tayyorlash, shuningdek, jarayonda ishtirok etayotgan mutaxassislar salohiyatini kuchaytirish va malakasini oshirish masalalariga to‘xtaldi. JST bosh direktori O‘zbekiston tomonidan tashkilotga a’zo bo‘lish borasida ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholadi. Ngozi Okonjo-Iveala JST Kotibiyati O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini hamda mamlakatimiz yaqin kelajakda tashkilotga qo‘shilishiga ishonch bildirdi. Uchrashuv yakunida Ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlikni jadallashtirish, mutaxassislarning malakasini oshirish hamda qonunchiligimizni JST bitim va qoidalariga uyg‘unlashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
19.9.2023 769
Joriy yilning 20-22-sentyabr kunlari respublika bo‘ylab kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shu sababli quyidagi tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida; Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida; Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida; Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida; Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida; Farg‘ona viloyatining So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida; Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida. Fuqarolar, dam oluvchilar hamda avtomobillarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.
18.9.2023 815
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Nyu-York shahriga keldi. Davlatimiz rahbarini Nyu-York meri Erik Adams va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Shavkat Mirziyoyev bugun Nyu-York shahrida bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Jumladan, davlatimiz rahbari Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel, Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva, Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, "Air Products" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemi bilan uchrashadi.
15.9.2023 1018
Juma va dam olish kunlari barcha hududlar boʻyicha Oʻzbekistonning kuzi uchun xos boʻlgan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi.Oʻzgidromet xizmati agentligining xabar qilishicha, shamol sharqdan oʻrtacha tezlikda esadi, faqat choʻl hududlarda baʼzi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.Kechasi va ertalab kuzgi salqinlik sezilib turadi, harorat +13…+18 daraja atrofida boʻladi. Kunduz kunlari esa havo +25…+30 darajagacha isiydi.Respublikaning ayrim togʻli hududlarida 16−17-sentabr kunlari biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.Poytaxtda 15−17-sentabr kunlari havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +15…+17 daraja, kunduz kunlari +27…+29 daraja boʻladi.
15.9.2023 1005
Fargʻona viloyatida Maʼnaviyat maskanlari soni yana bittaga koʻpaydi. Quva tumanida Maʼnaviyat va maʼrifat maskani tashkil etilib, oʻz faoliyatini boshladi.Maskanning ochilish marosimida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi hamda tumani hokimligi masʼullari soʻzga chiqib, hududlarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida maʼnaviy fazilatlarni yuksaltirish, oila va mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlash kabi ishlar xususida soʻz yuritdi. Yangi maskanda tadbirlar zali, kutubxona, ijodkorlar, targʻibotchilar hamda yosh hunarmandlar xonasi mavjud. Tantanali marosim davomida madaniy dastur tashkil etilib, sanʼatkorlarning kuy-qoʻshiqlari yigʻilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
14.9.2023 1073
"Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2023-yil 1-oktyabrdan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi. U Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi va Respublika "Ona va bola skrining" markazi negizida faoliyat yuritadi. Hududiy perinatal, aholi reproduktiv salomatligi hamda «Ona va bola skrining» markazlari negizida Markazning 14 ta hududiy filiallarini tashkil etish rejalashtirilgan. Markazning Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy filiallari xavf omillari aniqlangan ayollarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi, ularni davolaydi hamda zarur hollarda respublika darajasidagi tibbiyot muassasalariga yo‘naltiradi; nikohlanuvchilar, homilador va tug‘ish yoshidagi ayollar hamda chaqaloqlarni molekulyar tibbiy-genetik tekshiruvlardan o‘tkazadi; irsiy kasalliklar aniqlangan bolalarni maxsus dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi; sog‘lom oilani rejalashtirish hamda istalmagan homiladorlikning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshiradi. Hujjat bilan Onalar va bolalar hamda aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi; Onalar va bolalar hamda aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
13.9.2023 1143
“Oʻzgidromet” 14-sentabr, payshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-16 daraja, kunduzi 28-30 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 27-32 daraja boʻladi.Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.
12.9.2023 1215
15-sentabrdan 15-oktabrgacha Toshkentdagi markaziy (Shimoliy) temiryoʻl vokzalidan harakatlanadigan aksariyat poyezdlar qatnovi “Toshkent-Janubiy” vokzalidan amalga oshiriladi. Bu haqda “Oʻzbekiston temiryoʻllari” AJ xabar bermoqda.Bu vaqt mobaynida “Toʻqimachi” hamda “Toshkent-yoʻlovchi” temiryoʻl bekatlari oraligʻidagi yoʻlda texnik taʼmirlash ishlari olib borilishi maʼlum qilingan.Bir oy mobaynida yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob elektropoyezdlari, “Sharq” (Toshkent — Buxoro — Toshkent), “Nasaf” (Toshkent — Qarshi — Toshkent), “Oʻzbekiston” (Toshkent — Andijon — Toshkent) hamda xalqaro yoʻnalishlardagi Toshkent — Volgograd — Toshkent, Dushanbe — Toshkent — Dushanbe yoʻlovchi poyezdlari “Toshkent-Janubiy” temiryoʻl vokzal hududidan reyslarini amalga oshiradi.Olmaota — Toshkent — Olmaota, Toshkent — Novosibirsk — Toshkent, Toshkent — Samara — Toshkent yoʻnalishida harakatlanadigan yoʻlovchi poyezdlari hamda Toshkent — Hojikent — Toshkent shaharlararo poyezdlari qatnovi bundan mustasno, ular Shimoliy vokzaldan qatnovni davom ettiraveradi.Har ikki vokzaldagi barcha chiptaxonalar uzluksiz ishlaydi. Bundan tashqari, chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilish mumkin. “Toshkent-Janubiy” temiryoʻl vokzaldagi kutish zallari, vokzalga kirishda 3 ta bir bosqichli nazorat oʻtish punkti doimiy ravishda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.Bir oy mobaynida “Toshkent-Markaziy” vokzalidagi chiptaxonalardan poyezd joʻnashidan oldin chipta xarid qilgan yoki adashib “Toshkent-Shimoliy” vokzaliga kelib qolgan yoʻlovchilarni “Toshkent-Janubiy” vokzaliga olib borish uchun vaqtincha bepul avtobuslar qatnaydi.Rekonstruksiya ishlaridan soʻng mazkur hududdagi temiryoʻlda poyezdlar oʻtkazuvchanligi yanada ortishi va yuk poyezdlarining toʻxtovsiz harakatlanishiga imkoniyat yaratilishi qoʻshimcha qilingan.
12.9.2023 1227
Oʻzbekistonda 2023-yilning yanvar-avgust oylarida FHDYO organlari tomonidan 627 196 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.Statistika agentligining xabar berishicha, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 37 696 nafar (6,4 foiz)ga koʻp.2023-yilning 8 oyida tugʻilganlarning 325 323 nafarini oʻgʻil bolalar tashkil qilgan boʻlsa, 301 873 nafari qiz bolalardir.
8.9.2023 1273
Toshkent shahrida maktab uchun zarur bo‘lgan kanselyariya buyumlarining to‘liq to‘plami qiymati - 600 ming so‘mdan 1 mln so‘mgacha. Ota-onalar bolaning yoshi va xohishidan kelib chiqib, maktab formasi uchun 300 ming so‘mdan 1,5 mln so‘mgacha to‘lashi kerak bo‘lgan.
31.8.2023 1528
O‘quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalarni ta’lim muassasalariga o‘z vaqtida yetib borishlari uchun quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi: - Urganch - Toshkent- Xiva - Toshkent- Buxoro - Toshkent- Toshkent - Gʻijduvon- Toshkent - Qorako‘l- Toshkent - Shofirkon Shuningdek, Vobkent, Jondor va Olot tumanlaridan 3-sentyabrga qadar qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Chiptalarini Urganch shahridagi avtovokzaldan, Buxoro shahridagi avtoshox bekati chiptaxonasidan yoki elektron tarzda https://avtoticket.uz/ saytidan xarid qilish mumkin.
Qaynoq xabarlar
15:26
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari davom etmoqda
09:53
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazining ochilish marosimida ishtirok etdi.
18:43
YOSHLAR BALANSI MUAMMOLARNI BARTARAF ETISHDA ENG SAMARADOR
17:11
QABUL JARAYONIDA QANDAY O‘ZGARISHLAR BOR?
19:11
MOTIVATSIYA
22:15
SOF BOYLIK QIYMATINGIZ QANCHA?
17:31
RESPUBLIKA TAʼLIM MARKAZI O‘QITUVCHIGA E’TIROZ BILDIRDI