Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Charos Qayumova Koreyadagi turnir chempioni boʻldi

5.8.2023 3655

2-6-avgust kunlari Koreya Respublikasining Muju shahrida taekvondo WT boʻyicha xalqaro “Kimunyong Cup” turniri oʻtkazilmoqda.

Musobaqa G1 tasnifidan oʻrin olgan boʻlib, unda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan sportchilar 10 reyting ochkosiga ega boʻladi.

Mazkur xalqaro musobaqaning bugungi bellashuvlarida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Charos Qayumova (-53 kg) ham ishtirok etdi. Charos oʻz vaznidagi barcha raqiblarini yengib, musobaqa gʻolibiga aylandi. U musobaqada dastlab Yaponiya, yarim finalda Vetnam, finalda esa Koreya terma jamoasi aʼzolarini magʻlubiyatga uchratdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish