Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

CHEKSIZ QUVONCHIMDAN KUYLAYMAN!

13.5.2023 1610

Mohira Asatullayeva,

“Yoshlar daftari” – yangi tashabbuslar yangi g’oyalarni amalga oshiradigan imkoniyatlar daftari. Chunki har bir yoshning tashabbuslari qo’llab-quvvatlanib amaliy yordam ko’rsatilmoqda.

Biz buni birgina Sirdaryo tumani “Kamolot” mahallasi zamirida ko’rishimiz mumkin. Mahalla yoshlar yetakchisi Dilnur Mahamatov mahalladagi barcha yoshlarga “Yoshlar daftari” to’g’risida yetarlicha ma’lumot berib kelmoqda. Muammosi bo’lgan yoshlarga o’zi boshchilik qilib yordam ko’rsatib, ota-onalar duosini olmoqda.

Men ham mahalla yetakchimizning oldiga bordim va ko’plab yosh ijodkorlar kabi mening ham birinchi she’riy kitobimni nashr ettirish imkoni bor yoki yo’qligini so’radim.

Bu murojaatimdan mahalla yetakchisi she’r yozishga qobiliyatim borligini eshitib xursand bo’ldi. Meni shu onda yoq “Yoshlar daftari”ga ro’yhatga kirgizib, “Sening murojaaating albatta ko’rib chiqiladi” , – deb va’da berdilar.

Oradan hech qancha vaqt o’tmay mening murojaatim yechim topdi…. Hozirda mening quvonchim cheksiz. Sababi Yoshlar ishlari agentligi homiyligida mening “O’zbekiston yoshlari baxtli”” nomi bilan ilk to’plamim chop etildi. Endi mening ham mualliflik huquqim himoyalandi.

Ko’plab tanlovlarga qatnashganimda mualliflik kitobing bormi deb so’rar edi. Men shunday kezlarda boshimni egib jim qolardim. Ko’plab tengdoshlarim mualliflik kitoblarini dastxat qo’yib sovg’a qilardi. Menda ham qachondir shunday daqiqalar bo’lishini orzu qilardim. Orzularim amalga oshib ko’plab tengdoshlarim kabi birinchi she’riy kitobimni qo’limga oldim.

Bugun quvonchim o’zimga sig’may kelayotgan bir paytda shu kitobimni chqishida yaqindan yordam bergan Sirdaryo tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo tuman bo’limi, “Kamolot” mahallasi yoshlar yetakchisi Dilnur Mahamatovga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.

Mahallamiz yoshlarining quvonchi cheksiz. Yangi O’zbekiston yoshlarining barcha tashabbuslari amalda ishlamoqda. “Yoshlar daftari” – yangi imkoniyatlar daftari.

 

Yurtimizning bog’ida ajdod niholi,

Albat porloq bo’lar har istiqboli,

Kulib boqar albat ular iqboli

Yangi O’zbekiston yoshlari – baxtli!!!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish