Jahon andozalari asosida bilim olgan zakovatli, ilmiy salohiyatli olimlar, mutaxassislar va iste’dodli yoshlarning bir nechta tilda erkin gaplasha olishi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishga berilayotgan e’tibor zamirida shu ezgu maqsad mujassam.
Yurtimizda bu boradagi ishlar ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan sohaga doir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinayotir. Bunda davlatimiz rahbarining o‘tgan yil 19-mayda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining shu yil 19-yanvarda qabul qilingan “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori dasturilamal vazifasini bajarmoqda.
XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA ENG YAXSHI MAKTAB
Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi ham yoshlarning chet tillarga qiziqishini oshirishda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Joriy yilning 4-mart kuni ushbu tanlovning dastlabki – tuman va shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu bosqichda 8 065 ta maktabning 40 325 nafar 7-9-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Ularning 37 075 nafari ingliz, 1 800 nafari nemis hamda 1 450 nafari fransuz tili bo‘yicha baholandi.
Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichi esa joriy yilning 14, 21, 28-aprel sanalarida o‘tkazildi. Tanlov ishtirokchilari ilk bor o‘qish (reading), tinglab tushunish (listening), yozish (writing) hamda leksik-grammatik bilimlarini baholashga qaratilgan test topshiriqlari asosida baholandi. G‘olib jamoalarga tuman (shahar) bosqichida 1-3-o‘rinlar uchun mos ravishda 100, 75 hamda 50 million so‘m miqdorida Ruhiyatshunoslarning taʼkidlashicha, inson qiyinchiliklarga duch kelib, ularni yengib o‘tish jarayonida ruhan yuksaladi. Xalq tili bilan aytganda, pishadi, chiniqadi, toblanadi. Shunday ruhiy qiyinchiliklardan o‘tib kelgan qahramonimiz Barnoxon Narzullayevadir.
U 1991-yili Jizzax viloyatining G‘allarol tumanida tug‘ilgan. Shifokorlar unga tug‘ilganida serebral falajlik (DSP) tashxisini qo‘yishgan. Bu kasallik oqibatida inson asta-sekin yurolmaslik darajasigacha boradi. Avvaliga kasallik alomatlari sezilmagan, u hamma bolalar qatori yurgan, maktabga borgan. 18 yoshga yetganda esa u butunlay yurolmay qoladi. Barno 1-guruh nogironi hisoblanadi. U yangi hunarga asos solgan hunarmandlardan, tasviriy san’at va zardo‘zlikni umumiylashtirib, yangi yo‘nalish yaratgan va bu yo‘nalish ancha ommalashib, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Tengdoshimiz tabiat, qushlar va odamlar por hamda viloyat bosqichida 250, 200 va 150 million so‘m miqdoridagi vaucherlar taqdim etildi. Tanlovning respublika bosqichida (joriy yilning avgust oyida) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 1 tadan maktabdan kelgan 70 nafar ishtirokchi 4 ta ko‘nikma (listening, writing, speaking, reading) bo‘yicha Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment English tashkilotining xalqaro Linguaskill testlari asosida sinovdan o‘tkaziladi.
Mazkur sertifikat bo‘yicha B2 va undan yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilarga respublikamiz oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida
chet tilidan maksimal ball beriladi. Yurtimizda 11 ta xorijiy til bo‘yicha 35 ta xalqaro tan olingan sertifikat mavjud. Mazkur sertifikatlarning 6 tasi (TKT, TESOL, CELT, DELTA, IELTS va TOEFL) xorijiy tillar bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarni baholovchi sertifikatlar hisoblanadi. Agentlikka xalqaro TKT va Linguaskill testlarini o‘tkazish bo‘yicha Cambridge Assessment English tashkilotining rasmiy “Test markazi” maqomi (litsenziyasi) berildi. Bugungi kunga qadar 1000 dona Linguaskill va 500 dan ortiq TKT testlari xarid qilinib, amaliyotga joriy etilmoqda. Qolaversa, til o‘rganish istagida bo‘lgan soha xodimlari, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish uchun agentlik tomonidan maxsus telegram bot (@agency_appeal_bot) hamda agentlikning rasmiy veb saytida jonli chat o‘rnatilishi natijasida 500 dan ortiq murojaat qabul qilinib, ularning yechimi topildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tuman (shahar)dagi maktablarni xorijiy tillarni o‘qitish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar, asbob-uskunalar, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash uchun mahalliy byudjetlardan 1 milliard so‘mdan mablag‘ ajratilmoqda. Hududlarda aholi orasida xorijiy tillarni ommalashtirish maqsadida 40 ta mahalliy, xalqaro forum va konferensiyalar, 320 ta seminar-trening va mahorat darslari, 36 ta til o‘rgatish kurslari, 44 ta olimpiada va tanlovlar, 154 ta sinov testlari tashkil etildi.
Chet tillarini mukammal o‘zlashtirgan yoshlarimiz kelajakda yetuk kadrlar bo‘lishiga ishonamiz.