Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

CHIROQ YONGANDA…

27.10.2022 491

Kamola ADHAMOVA, O‘zJOKU talabasi

G‘arch-g‘urch, g‘arch-g‘urch.

Atrof to‘la shodon bolalar. Bir-bi­riga qor otgan, kimdir qorbola yasa­moqda. Daraxtlar tagida yigit va qizlar suratga tushishdan zavq olmoqda.

G‘arch-g‘urch, g‘arch-g‘urch.

Sigiriga suv tashiyotgan qizcha tezroq uyga kirsa-yu, pech oldida o‘tirsa! Poya qirqib qo‘llari muzlagan yigitchada qorbo‘ron o‘ynash­ga xohish qayda deysiz.

G‘arch-g‘urch, g‘arch-g‘urch.

Chiroqlar bilan bezangan sha­harda bo‘ralab yog‘ayotgan qor ostida maza qilib sayr qilging ke­ladi. Ertak qahramonlari bilan to‘la bog‘da turli tomoshalar ichida o‘zingni sehrli olamga tushib qol­gandek his etasan.

G‘arch-g‘urch, g‘arch-g‘urch.

Ishdan zim-ziyo, o‘nqir-cho‘nqir yo‘lda qoqila-qoqila tezak, ko‘mir hidi anqigan uyga shoshasan (ish­qilib telefonimning quvvati o‘chib qolmasin). Onasining pinjiga tiqil­gan bolalar XX asrni yodga soladi.

G‘arch-g‘urch, g‘arch-g‘urch.

Qolganini chiroq yonganda yo­zaman…

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish