Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

CHORTOQ TUMANIDAGI MAKTABLAR QISH MAVSUMIGA YETARLI TAYYORGARLIK KO‘RMAGAN

14.1.2023 112

O‘zA

Namangan viloyatining Chortoq tumani maktablaridagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining natijasi va bugungi anomal sovuq ob-havo sharoitidagi holat jamoatchilik nigohida bo‘ldi.

Namangan viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi tomonidan tuzilgan jamoatchilik ishchi guruhining tumandagi 48-sonli umumta'lim maktabidagi o‘rganishlari davomida muassasalarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yetarli darajada olib borilmagani aniqlandi.

Maktablar tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan, isitish qozonlari ko‘mirga moslashtirilgan, qozonxonaga biriktirilgan xodimlar ko‘mir yoqish uchun oldiniga o‘tin bilan cho‘g‘latib olib, keyin yoqishga majbur bo‘lmoqda.

Isitish qozonlariga maxsus suvni aylantiruvchi nasoslar o‘rnatilgan va ko‘mir yonishi uchun maxsus havo aylantiruvchi nasoslar bilan jihozlangan.

O‘rganish vaqtida 480-maktab mashg‘ulot xonalaridagi harorat 7-10 daraja sovuqni ko‘rsatdi, o‘t yoqarlar isitish tizimida suv muzlab qolmasliklari uchun tinmay ko‘mir yoqish bilan ovora...

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish