Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

DAVLAT XIZMATCHISI – MAS’ULIYATLI SHAXS

19.1.2023 79

Sherzod OLIMOV, Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati boshqarma boshlig‘i

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yurtimizda sohalar rivojiga keng imkoniyat va imtiyozlar berilmoqda. Yaratib berilgan sharoitdan unumli foydalangan soha rahbarlarigina o‘z tizimida ijobiy o‘zgarishlar qilmoqda. Bu natijalarga erishish uchun esa rahbar o‘z jamoasida yetuk, salohiyatli, bilimli va eng asosiysi, tajribali davlat xizmatchilari jamoasini shakllantira olishi kerak.

Eng yaxshi davlat xizmatchisi bo‘lish uchun esa oliy ta’limda tahsil olayotgan davrdanoq nazariya va amaliyotni uyg‘un olib borish, amaliyotni o‘z sohasi bo‘yicha o‘tash kerak. Oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan so‘ng o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng quyi tizimda ish boshlash shart. Kamida bitta xorijiy tilni bilish ham zarur.

Shuningdek, o‘z xizmat burchiga sidqidildan yondashib, mas’uliyat bilan mehnat qilish talab etiladi. Hamkasblar va jamoatchilikka barcha yo‘nalishlarda shaxsiy namuna bo‘lishga harakat qilish lozim. Ushbu ustuvor talablarni yana davom ettirish mumkin, albatta. Davlat xizmatchilari ish faoliyati davomida lavozimdan lavozimga ko‘tarilgani sayin majburiyat va mas’uliyatlar ham ortib boradi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, har birimiz davlat xizmatchisi ekanmiz, avvalo, shu nomga munosib bo‘lmog‘imiz kerak. Davlatimiz tomonidan ishlab chiqilgan qonun, farmon va qarorlar asosida mamlakatimiz o‘z oldiga qo‘ygan Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek, ulug‘vor maqsad yo‘lida bir tan-u bir jon bo‘lib, egallab turgan lavozimimizga yuklatilgan ishonchni oqlash orqali hissamizni qo‘shishimiz yuksak fuqarolik burchimizdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish