Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

DAVLATNING 10 TA IJTIMOIY MAJBURIYATI

16.5.2023 1545

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi: davlat o‘z zimmasiga olayotgan 10 ta muhim ijtimoiy majburiyat:

  • Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi (42-modda).
  • Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi (43-modda).
  • Pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas (46-modda).
  • Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi (50-modda).
  • Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi (50-modda).
  • Bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi (50-modda).
  • Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli (51-modda).
  • Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan choralarni ko‘radi (57-modda).
  • Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar obyektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi, ularning ishga joylashishiga, ta’lim olishiga ko‘maklashadi, ularga zarur bo‘lgan axborotni to‘sqinliksiz olish imkoniyatini ta’minlaydi (57-modda).

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish