Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Davlatning e’tibori mahsuli

25.10.2023 569

Doniyorbek YUSUPOV, Yoshlar ishlari agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi axborot xizmati rahbari

Xorazm viloyati aholisining (1 958,1 ming) 25,4 foizi, yaʼni 497 ming 964 nafari 14-30 yoshdagi fuqarolar (1 million 723 ming 312 nafari 0-30 yoshda).

“Yoshlar balansi” platformasi orqali ishsiz, ijtimoiy-iqtisodiy hamda tibbiy koʻmakka muhtoj yoshlarni qoʻllab quvvatlash maqsadida “Yoshlar daftari” tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Mazkur daftarga kiritilgan yoshlarning muammolarini hal etish maqsadida har bir tuman (shahar)da moliyaviy manbalari aniq belgilangan “Yoshlar jamgʻamasi” faoliyat yuritmoqda.

Yil boshidan buyon “Yoshlar daftari”ga kirish istagida 32 ming 860 nafar yosh “yoshlardaftari.uz” plaftormasi orqali murojaat qilgan. Murojaatlarning 29 ming 538 tasi (89,9 foiz) tasdiqlangan, 3 ming 322 tasi (10,1 foiz) asoslatiruvchi sabablar hisobiga rad etilgan.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 30 ming 365 nafar yoshning:

18 ming 981 nafariga amaliy yordam koʻrsatilgan;

11 ming 384 nafari daftarda qolmoqda.

Yordam koʻrsatilganlarning:

3 ming 870 nafari doimiy ish oʻrinlariga joylashtirilgan;

58 nafari – tashqi mehnat migratsiyasi orqali bandligi taʼminlangan;

570 nafariga mehnat qurollari olib berilgan;

2 ming 122 nafarining toʻlov-kontrakt pullari toʻlab berilgan;

70 nafari zamonaviy kasblarga oʻqitilgan;

2 ming 254 nafariga sogʻlig‘ini tiklash uchun tibbiy xizmat koʻrsatilgan;

160 nafarining safarbarlik chaqiruv rezervi xarajatlari qoplab berilgan;

295 nafariga haydovchilik kursida oʻqish xarajatlari toʻlangan;

109 nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitilgan;

472 nafariga – tadbirkorlik uchun kredit ajratilgan;

1 ming 890 nafariga yer maydonlari ajratilgan;

242 nafariga psixologik xizmat koʻrsatilgan;

3 nafari – dehqonchilik uchun urugʻlik va koʻchat bilan taʼminlangan;

129 nafari maktab formasi va oʻquv qurollari bilan taʼminlangan;

221 nafarining fuqarolik pasporti badali qoplab berilgan;

153 nafar yoshning – ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlarida oʻqish;

28 nafar yoshning olimpiada, tanlov va musobaqalarning xorijiy va mahalliy bosqichlarida qatnashish;

4 nafar yoshning ijara;

3 nafar yoshning turizm obyektlariga sayohati uchun mehmonxona va yoʻl xarajatlari;

55 nafar yoshning turar-joy xarajatlari qoplab berilgan;

6 ming 387 nafariga boshqa turdagi yordamlar ajratilgan.

Tahlillar shuni koʻrsatadiki, joriy yilning iyun (3 ming 124 nafar) va sentabr (5 ming 78 nafar) oylarida yoshlar tomonidan daftarga kiritish boʻyicha soʻrovlar yuqori koʻrsatkichda qayd etilgan. “Yoshlar daftari” jamgʻarmalarga 22 milliard 858 million soʻm miqdorda mablagʻlar shakllantirildi.

Bugungi kunga qadar jamgʻarma hisobidan 6 ming 585 nafar yoshning ijtimoiy-maishiy muammolari uchun 20 milliard 132,4 million soʻm mablagʻ ajratildi.

416 mahalla “yashil” toifada

Yetakchilarning faoliyat samaradorligini aniqlovchi 4 ta indikator (7 ta subindikator)dan iborat “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarni oʻz ichiga oluvchi KPI tizimi ishlab chiqilgan. Joriy yilning III chorak yakunlari boʻyicha 2 ta mahalla “qizil”, 113 ta mahalla “sariq” va 416 ta mahalla “yashil” toifaga kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan Urganch tumani “Turkmanlar” mahallasi yoshlar yetakchisi Radxo Xudayberganova “Shuhrat” medali, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 17-martdagi burugʻiga asosan Tuproqqalʼa tumani “Navbahor” mahallasi yoshlar yetakchisi Nafosat Allaberganova “Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

2023/2024-oʻquv yilning 1-yarim yilligida 14 nafar talabalikka tavsiya etilgan (sirtqi taʼlim shakli asosida) mahalladagi yoshlar yetakchilarining 91 million 908 ming soʻmlik shartnoma mablagʻlari toʻliq qoplab berildi.

Mahalla radiusi katta boʻlgan 12 ta tuman (shahar)lardagi yoshlar yetakchilari zamonaviy skuterlar bilan taʼminlandi. “Xorazm tajribasi” sifatida har bir yetakchi uchun maxsus xizmat formasi hamda ish sumkalari yetkazib berildi. “Openbudget.uz” platformasi orqali 3 nafar yetakchining qiymati 3 milliard 840 million soʻmlik loyihalari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Bugungi kunga qadar ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan 6 nafar mahalladagi yoshlar yetakchilari yuqori lavozimlarga ishga qabul qilindi.

Ish faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 99 nafar yetakchiga “hayfsan” va 36 nafariga “jarima” intizomiy jazo choralari qoʻllanildi.

 

7 ming 46 nafar yosh ishli boʻldi

Oʻtgan 9 oy davomida Bandlik boʻlimlari tomonidan 7 ming 46 nafar yosh doimiy va 1 ming 190 nafari jamoat ishlariga ishga joylashtirildi. “Bandlik jamgʻarmasi” hisobidan 31 nafar yoshga 25,6 million soʻmlik subsidiyalar ajratildi.

 “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 8 ming 107 nafar yosh tadbirkorga tijorat banklari tomonidan 218 milliard 119 million soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻlari ajratish hisobiga 9 mingga yaqin yoshlarning bandligi taʼminlandi.

5 ming 440 nafar yoshga hosildorligi yuqori boʻlgan 1 ming 650 gektar yer maydonlari ajratib berildi. Mazkur loyiha doirasida yoshlar 9 ming 780 tonnalik sabzavot, poliz, dukkakli ekinlar va sholidan oʻrta hisobda 263 milliard 629 million soʻmlik daromadga ega boʻldi.

Joylardagi kasb-hunar markazlarida 4 ming 854 nafar, “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida 367 nafar yoshlar zamonaviy kasblarga oʻqitildi. Yoshlarni 9 turdagi mehnat qurollari bilan taʼminlash hisobiga bandligiga koʻmaklashish maqsadida jami 445 nafar yoshga asbob-uskunalar topshirildi.

Yoshlar tadbirkorligi sohasida amaldagi normativ hujjatlarni qoʻllash orqali yoshlar tomonidan 839 ta yuridik va 1 ming 387 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bundan tashqari, 29 ming 413 nafar yosh mustaqil ravishda “soliq.uz” platformasi orqali oʻzini oʻzi band qildi.

Tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarning nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida shu yil 19-iyul kuni Xiva shahridagi Ichon qalʼa davlat muzey qoʻriqxonasida respublika miqyosida muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar (Murod Nazarov, Hasan va Husan Mamasaidov, Laziz Adhamov va boshqa) 500 nafar yoshlar ishtirokida “Biznes marafon” loyihasini amalga oshirdi.

 

15 ming 969 ta muammo hal etildi

Mahallalardagi xatlovlarga asosan “davlatning gʻamxoʻrligi va eʼtiborini kutayotgan” yaʼni “ogʻir” toifadagi 16 ming 102 nafar yosh viloyat, tuman va shaharlardagi 507 ta idora, tashkilotning rahbar (oʻrinbosar)lariga noma-nom biriktirilib masʼullar tomonidan yoshlarning ota-onalariga kafillik olish boʻyicha “kafolat xat”lari toʻliq yetkazildi.

Masʼullar “ogʻir” toifadagi yoshlar bilan uchrashuv va muloqotlar tashkil etib, yoshlarning muammolarini bartaraf qilish maqsadida “Yoʻl xarita”lari ishlab chiqildi. Tizimli chora-tadbirlar natijasida 15 ming 969 ta (99,1 foiz) muammo ijobiy hal etildi.

Jumladan, 726 nafar yosh ish bilan taʼminlandi, 584 nafar yoshga dehqonchilik uchun yer maydonlari, 388 nafariga imtiyozli kredit, 599 nafariga subsidiyalar ajratildi, 499 nafar yosh kasb-hunar va 135 nafar yosh xorijiy tillarga oʻqitilmoqda.

Taʼlim muassasalaridagi 168 nafar talabalarning toʻlov mablagʻlari qoplab berildi, 61 nafar yoshning uy-joylari taʼmirlandi, 1 ming 250 nafar yoshga moddiy yordam ajratildi, 3 ming 237 nafar yosh tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, 216 nafari reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlandi.

Bugungi kunda “ogʻir” toifadagi 133 nafar yoshning muammolarini hal etish borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish