Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Dehqonchilikdan 25 million so‘m daromad

10.3.2023 1339

Nargiza MUSAYEVA, Yoshlar ishlari agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi axborot va media bo‘yicha mutaxassisi

Shahboz MAMADAMINOV 22 yoshda, dehqon. Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida yashaydi.

Murojaat mazmuni:

Dehqonchilik faoliyatini kengaytirish maqsadida yer ajratishni so‘rab murojaat qilgan.

Yoshlar yetakchisi Husniddin Hasanov Shahbozning xonadoniga borib, oilaviy holatini o‘rgangan va “Yoshlar daftari”ga tavsiya qilgan.

Oilaviy holati:

– oilada 6 kishi: ota-onasi, 3 nafar singlisi va o‘zi;

– uylanmagan;

– daromad manbayiga ega emas;

– norasmiy band;

– oilada yagona boquvchi;

– otasidan dehqonchilik sirlarini o‘rgangan.

Natija:

– dehqonchilik faoliyatini kengaytirish uchun “Yoshlar daftari”ga kiritilib, subsidiya asosida 15 sotix yer ajratildi;

– mavsumiy poliz ekinlari yetishtirdi;

– o‘zini rasmiy band qilgan;

– o‘rtacha yillik daromadi 20-25 million so‘m;

– 2 ta ish o‘rni yaratgan;

– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga dehqonchilikni o‘rgatmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish