Yoshim 20 da. Oilamizda biroz qiyinchilik bo‘lgani uchun mahallamiz yetakchisi Obidjon Nurillayevdan yordam so‘rab chiqdim. U menga har xil ishlarni taklif qildi. Bobom ham, otam ham dehqonchilik bilan shug‘ullangani, mening ham yoshligimdan bu sohada tushuncham borligi sabab dehqonchilikni tanladim.
Yetakchimiz shu kuni meni “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga oldi. Men esa auksion orqali 20 sotix yerni 10 yil muddatga foydalanishga oldim. Bu yerga bodring ekdim, shu kunlarda hosilni yig‘ib, sotmoqchi bo‘lib turibman. Yaqinda uyimizda to‘y bo‘ladi. Niyatim shu to‘yga o‘z hissamni qo‘shib, ota-onamga yordam qilish.
Mening atrofimdagi barcha dehqonlar mahallamiz yoshlari. Ular ham mendek yer olib, loviya, mosh, jo‘xori kabi ekinlar ekib, hosilini yig‘ish arafasida.