Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablari direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari uchun umumtaʼlim maktablarida oʻquvchi-yoshlar, “Yoshlar ittifoqi” va “Kamalak” sardorlari bilan tizimli ishlarni amalga oshirish, Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlari faoliyatini namunali tashkil etishga qaratilgan oʻquv-seminarlar davom etmoqda.
Joriy yil 17-24-noyabr kunlari Toshkent shahrining Mirobod, Yakkasaroy, Olmazor, Yashnobod va Shayxontohur tumanlaridagi o‘quv-seminarlar tashkil etildi.
Seminarda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshligʻi Nilufar Husanboyeva, Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashi raisi Shukurulloxon Anvarov, Toshkent shahar “Kamalak” bolalar tashkiloti mas’ul xodimlari hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining tuman boʻlimi boshliqlari ishtirok etdi