Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“DUNYO SEN BILAN” loyihasining 4-mavsumi o‘z ishini boshladi

26.1.2023 688

Hilola TO‘XTAMURODOVA, “DUNYO SEN BILAN” loyihasi asoschisi

“Dunyo sen bilan” loyihamiz Yevro Osiyo jamg‘armasining “O‘rta Osiyo ijtimoiy innovatsiyalari” progammasi doirasida amalga oshirilib, AQShning xalqaro rivojlanish agentligi tomonidan belgilangan grant asosida moliyalashtirilib, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Bu loyiha doirasida Daun va Autizm sindormli quyoshli bolalarni hunar orqali rivojlantirish masalasi maqsad qilingan. Hozirda Yakkasaroy tumanida joylashgan 25-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda rasm va hunarmandchlikning esdalik buyumlari yo‘nalishida 80 nafar Daun hamda Autizm sindromi mavjud bolalarga dars-mashg‘ulotlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Shu bilan birgalikda, loyiha doirasida Jizzax viloyatida joylashgan 32-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatida Daun, Autizm va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun 2 kunlik hunarmandchilikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha dars mashg‘ulotlari o‘tildi.

Ushbu mahorat darslari umumiy 33 nafar bolalarni o‘z ichiga qamrab oldi. Shuningdek, loyihada bir guruh ko‘ngilli yoshlar ham o‘z ko‘magini ayamadi. Bundan ko‘zlangan maqsad esa ko‘ngilli yoshlar bilan mahorat darslari, zamonaviy metodikalarni o‘rtoqlashish va keyinchalik, Jizzax viloyatida ham loyihani uzluksiz amalga oshirishdir.

“Dunyo sen bilan“ ijtimoiy loyihasi orqali “Quyoshli bolajon”larga bag‘ishlab  “Sehrli pufakchalar” nomli ko‘ngilochar tadbirlar ham o‘tkazilmoqda. Maqsadim, jamiyatda mana shu bolajonlarga mehr ulashish, ularning ham o‘z iste’dodlari borligini namoyon etish, bu bolajonlar hamda ota-onalari o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni ham yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish