“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 248-moddasiga ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari xodimlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar hamda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullandi.
Unga ko‘ra, voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlarning hamda ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektorlarining vakolatlari kengaytirilyapti.
Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlarga voyaga yetmaganlarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarini bajarmaganligi uchun ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash huquqi berilishi nazarda tutilyapti. Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarga himoya orderi talablarini bajarmaslik uchun nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolati berilishi kutilmoqda.