Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Endi o‘qituvchilar bir yo‘nalishda o‘qib, ikkita fandan dars berishi mumkin

4.12.2023 677

Prezidentning “2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

➖ Matematika va informatika (qo‘shimcha informatika fani o‘qituvchisi),
➖ Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi),
➖ Biologiya (qo‘shimcha tabiiy fanlar o‘qituvchisi),
➖ Maxsus pedagogika: surdopedagogika (qo‘shimcha surdotarjimon)
bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibi joriy qilingan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish