Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

ENDI SHAXSIY KOMPYUTERIM BOR

12.11.2022 328

O‘g‘iloy FAYZULLAYEVA, Sariosiyo tumanidagi “Bog‘ishamol” mahallasi yoshlar yetakchisi

Yoshlar yetakchisi etib tayinlanganimdan buyon “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga olingan 44 nafar yoshning 8 nafari tadbirkorlikka jalb qilindi, 7 nafari auksion orqali uzoq mud­datga ijaraga yer olib foydalanmoqda, 4 nafarini esa xusu­siy tashkilotlarga ishga joylashtirdik. 1 nafar ijtimoiy himoya­ga muhtoj yoshning kontrakt puli, 1 nafar tug‘ma nuqsoni bo‘lgan yoshning haydovchilik kursida o‘qish xarajatlari qoplab berildi. Yana 1 nafar eshitishida nuqsoni bo‘lgan yoshga subsidiya asosida tikish mashinasi berildi.

Onasi “Ayollar daftari”da bo‘lgan 1 nafar ishsiz yoshga payvandlash uskunasi, 3 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshga zarur asbob-uskunalar subsidiya asosida taqdim etildi.

Ish faoliyatimizni boshlagan vaqtimizda viloyatimizdagi barcha yoshlar yetakchilariga planshet berildi. Ammo kompyuterga ham ehtiyoj bor edi. Shu bois uni ijaraga olib foydalana boshladim. Res­publika ishchi guruhi Sariosiyo tumaniga kelganda mahallamizda bo‘ldi. Yaratilgan sharoitlarimiz bilan tanishib, mendan “Kompyuter o‘zingiznikimi?”, deb so‘rashdi. Ularga kompyuterdan ijara asosida foydalanayotganimni aytdim. Oradan oz fursat o‘tib, Yoshlar ishlari agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasidan yangi kompyuter sovg‘a qilishdi. Zamonaviy kompyuter faoliyatimga ancha yengillik berdi. Buning uchun Yoshlar ishlari agentligiga o‘z minnatdorchiligim­ni bildiraman.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish