Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

ENG KATTA MOTIVATSIYA – OTAM VA ONAM!

3.1.2023 144

Muhammadshukur MUHAMMADJONOV suhbatlashdi.

Zilola Jo‘rayeva, Sergeli tumanidagi 317-maktab o‘quvchisi. Karate sportining Kyokushin turi bo‘yicha Osiyo va O‘zbekis­ton chempioni. Bir necha xalqaro turnirlar g‘olib va sovrindori.

ILK QADAM

– 4 yoshimdan sport to‘garagiga qatnasha­man, – deydi Zilola. – Boshida onam gimnastika sport turiga berganlar. O‘zim esa jangari sport turlariga ko‘proq qiziqardim. Onam bu qiziqishimga qarshilik qilar, karate o‘g‘il bolalarning sporti, jarohat ko‘p bo‘ladi, derdi. Dadam esa meni qo‘llab-quvvatlar edi. O‘shanda ham dadam sabab karate bilan shug‘ullanishni bosh­laganman.

MASHAQQATLAR

– Albatta, qiyinchiliklar bo‘lgan. Mashg‘ulot jarayonlaridagi jarohatlar, sog‘inch his­si qiynaydi. Katta yutuqlarga erishish uchun mashg‘ulotlarda toblanish kerak. O‘zim yoqtir­gan sport bilan shug‘ullanayotganim uchun barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tyapman. Mu­sobaqalarga ota-onam qarz topib jo‘natishar­di. Mahalla yetakchisi kelgach, menga yordam bera boshladi.

MOTIVATSIYA

– Har qanday holatdan motivatsiya, kuch olsa bo‘ladi. Jarohatlangan paytlarim ham bun-dan to‘g‘ri xulosa chiqaraman. Jarohat oldim, demak bundan-da yaxshiroq shug‘ullanishim kerak, keyingi janglarda bu xatolarni takrorla-masligim shart, deb o‘zimga dalda beraman. Eng katta motivatsiyam – ota-onam!

BIRINCHI MURABBIYIM

– Birinchi murabbiyim Umid Ro‘ziyev. 4 yoshimdan beri ularning qo‘llarida shug‘ulla-nib kelaman. Bir necha bor mashg‘ulotlarimni o‘zgartirdim, lekin Umid aka kabi ustoz topa ol-madim. Judayam qattiqqo‘l, har doim qo‘lidan kelgancha yordam berishga harakat qiladi,  urishib ham turadi, maqtab ham.

ESDA QOLARLI XOTIRALAR

– Esda qolarli xotiralar ko‘p bo‘lgan. Qozog‘is-tondagi Osiyo chempionatida ilk bor onamsiz musobaqada ishtirok etganman. Hayajon juda kuchli bo‘lgan. Murabbiyim yonimda bo‘lgan, le-kin har doim musobaqalarga onam bilan borib o‘rganganim uchun odatlanib qolgan ekan-man.

ORZU VA MAQSADLAR

– Ko‘proq Osiyo chempioni Go‘zel Fattahova-ning janglarini kuzatib boraman. Shunday katta chempionlar bilan jang o‘tkazishni orzu qilaman. Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston bayrog‘ini yuk-saklarga ko‘tarishni istayman. Mahallamizda men-ga qiziqib, sport bilan shug‘ullanayotgan bolalar ko‘p. Shu bolalarga ustozlik qilishni ham istayman.

YUTUQLAR

– Hozirda 50 dan ortiq yutuqlarim bor. 6 karra O‘zbekiston chempioni, 3 karra xalqaro turnirlar g‘olibasi va 2 karra Osiyo chempioni bo‘lgan-man. Kuni kecha fransuz boksi bo‘yicha o‘tkazil-gan O‘zbekiston chempionatida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, oltin kamar egasiga aylandim.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish