Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Eng muhim masʼuliyat — ishonchga munosib bo‘lish!

31.1.2025 473

Toshkent viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Nodir Xojiyev boshchiligida sayyor qabul tashkil etildi.

Bekobod tumani va shahri yoshlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan sayyor qabul davomida ularni tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini taʼminlash kabi taklif va murojaatlariga imkon qadar yechim izlandi.

Xususan, Bekobod tumani «Isfara» mahallasida yashovchi Ozoda Abdusamadova mahallasida kutubxona tashkil etish va unga 500 ta kitob jamlanmasini ajratish yuzasidan taklifini bildirdi.

Ushbu murojaat Toshkent viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Nodir Xojiyev hamda Bekobod tumani hokimi o‘rinbosari Dilshod Mirzaqulov o‘rtasida muhokama qilib, «Isfara»da kutubxona tashkil etib, kitoblar yetkazib beradigan bo‘ldi.

Mazkur tumanning “Istiqlol” mahallasida yashovchi Dilzoda Olimovani opasi qarmog‘ida ekani, oilaviy sharoiti sabab maktabga borolmayotganini bayon etdi.

Dilzodani ushbu murojaati shu kunning o‘zida hal etilib, ertadan darsga boradigan bo‘ldi.

Shuningdek, u bilan yaqindan ishlash, qo‘shimcha to‘garaklarga jalb etishni Toshkent viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i o‘z zimmasiga oldi.

Yoshlarning har biri bilan alohida suhbat qilinib, muammo va takliflari yozib olindi.

—Yoshlarni shu qabulga yetaklab kelgan sabablar ko‘p, lekin ularning umumiy jihati bitta, bu avvalo, davlatimizga, hurmatli Prezidentimizning xalqchil siyosatiga, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlariga bo‘lgan ishonch, — deydi Toshkent viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Nodir Xojiyev. — Bu ishonchga munosib bo‘lishni esa faoliyatimdagi eng muhim masʼuliyat deb bilaman.

Jarayonda ayrim yoshlarga huquqiy jihatdan tushuntirishlar ham berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish