Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

"YASHIL MAKON"

11.3.2023 263

Otabek AHMEDOV, Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati mutaxassisi

Xalqimizda azaldan tozalik va orastalikka, obodonchilik ishlariga alohida eʼtibor qaratilgan. Bu yil  bahorning ilk kunlaridan havo haroratining iliqlashishi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari uchun qulay muhit yaratmoqda.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyati bo‘limi tashabbusi bilan Urganch shahridagi  Do‘stlik mahallasida “Yashil маkоn” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Tadbirda mahalla yoshlari faol ishtirok etdilar.

Loyiha doirasida fondning viloyat bo‘limi va mahalla faollari tomonidan voha iqlimiga mos 3000 dan ortiq mevali va manzarali daraxtlar ekish rejalashtirilgan bo‘lib, tadbir davomida 500 dan ziyod manzarali daraxtlar ekildi. 1000  metrga yaqin ariq va zovurlar tozalandi. 300 tupdan ortiq daraxtlarga shakl berilib, taglari oqlandi. 

–   Ko‘chat ekish, daraxtlarga mehr berib parvarishlash, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash eng ezgu va xayrli amallardan biridir, - deydi  fondning Xorazm viloyati bo‘limi boshqaruvi raisi Altiboy Radjabov. –  Ekilgan har bir ko‘chatning o‘sib rivojlanishi suv va tuproq sharoitiga bog‘liq. Shu boisdan ham viloyatimizning iqlim-sharoitiga mos o‘rik, shaftoli, yapon sapurasi kabi mevali va manzarali daraxtlar ekyapmiz. Quvonarlisi, bu ishlarda yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan barcha fuqarolarimiz ayniqsa, yoshlarimiz faol  ishtirok etib, yurtimiz obodligiga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish