Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Faqat bizda...

19.1.2024 580

Guljahon FARMONOVA

Faqat bizda – oʻzingdan katta odamga gaplari xatoligini aytsang, “aqllilik qilma”, deyishadi.

Faqat bizda – “kattalar” toʻgʻri gapiradi.

Faqat bizda – mavjud muammolar haqida gapirsang, noshukrga chiqarishadi.

Faqat bizda – shifokorlar dorini qaysi dorixonadan olishingni ham yozib berishadi.

Faqat bizda – oʻzing qiziqmagan narsani oʻrganishga majbur qilishadi.

Faqat bizda – saqichning ham narxi dollar kursiga qarab oshadi.

Faqat bizda – “gap-soʻz” uchun yashaladi, odamlarning gap-soʻzi uchun turmush quriladi.

Faqat bizda – eng yaxshi narsalar mehmonlar uchun olib qo‘yiladi.

Faqat bizda – demokratiya boʻla turib, soʻz erkinligi boʻgʻiladi.

Faqat bizda – oʻzi tushunmagan “rivojlangan davlatlar tajribasidan” foydalaniladi.

Faqat bizda – avtobusda yoshlar oʻzini uxlaganga solib oladi.

Faqat bizda – oʻzi eplolmaganini bolasidan talab qiladi.

Faqat bizda – bitta uzr bilan qutilib ketiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish