Bugun oila va jamiyat oldida yana bir yangi va dolzarb muammo paydo bo‘ldi. Bolalarni zaharli moddalar, giyohvandlik vositalari va psixotrop, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari hamda sintetik moddalardan foydalanishning oldini olish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylanmoqda.
Har bir ota-ona zararli va psixofaol moddalarni iste’mol qilishning oldini olish farzandini fojiadan himoya qilishini tushunishi zarur, bunga ochiq muloqot hamda oiladagi ishonchli munosabatlar orqali erishish ancha oson.
Kattalar ko‘pincha bolaning fikrini hurmat qilmaslik va uni tinglamaslik xatosiga yo‘l qo‘yadi. Agar bola qoqilsa yoki noto‘g‘ri ish qilsa, odatda uni tushunish va xatoni tuzatishga yordam berishdan ko‘ra, jazolashni ma’qul ko‘radilar. O‘smirlik davrida bola o‘z xatolarini yashirish uchun ota-onasi bilan muloqotni kamaytiradi. Bunday paytda ota-onalar odob-axloq haqidagi pand-nasihat va jazolashda qochishi, uning muammolari haqida iloji boricha kamroq gapirishi lozim.
Ammo bolaning muammolari… Ular bolani ikkilantirib qo‘yadi va u o‘z muammolari bilan “do‘stlari” oldiga boradi. Shuning uchun zaharli va psixotrop moddalarni iste’mol qilishning oldini olish bolaning shaxsiyatini hurmat qilishdan, oilada ochiq muloqot va o‘zaro tushunishdan boshlanishi kerak.
Ehtiyotkor ota-ona farzandidagi har qanday o‘zgarishni darhol sezadi. Bolaning xatti-harakati, nutqidagi o‘zgarishlar va yana bir qancha belgilar uning psixotrop moddalar iste’mol qilishni boshlagani haqida signal bo‘lishi mumkin.
Bolaning psixotrop moddalarni iste’mol qilishi mumkinligini ko‘rsatadigan ma’lum belgilar mavjud. Agar topsangiz, ehtiyot bo‘ling:
– yorug‘likda ta’sirlanmaydigan – kengaygan yoki toraygan qorachiqlar;
– qizargan yoki hira tortgan ko‘zlar;
– me’yoridan ortiq uyquchanlik yoki uyqusizlik;
– do‘stlar doirasining o‘zgarishi yoki yangi “o‘rtoqlar”ning paydo bo‘lishi;
– bolangizga xos bo‘lmagan so‘zlashuv, fikrlash tarzi;
– qon bosimining ko‘tarilishi, jismoniy faolliksiz ham yurak urish tezligining o‘zgarishi;
– bo‘sh (tamakisiz) sigareta idishlari yoki qog‘oz bo‘laklari;
– tez-tez “do‘stlar” bilan uydan uzoqda dam olish va tunab qolish;
– o‘quv samaradorligining tushib ketishi, sevimli mashg‘ulotlariga qiziqishning pasayishi;
– yomon kayfiyat yoki tez-tez sababsiz kayfiyat o‘zgarishi, muntazam depressiya, asabiylashish, tajovuzkorlik;
– pul uchun noodatiy so‘rovlar;
– yolg‘on, bahonalar, ota-onadan sirlarning paydo bo‘lishi;
– nutqda, telefon suhbatlarida jargonning paydo bo‘lishi;
– to‘satdan vazn yo‘qotish;
– ishtahaning buzilishi, quruq og‘iz (ko‘p miqdorda suv iste’mol qilish);
– odatiy dorilar bilan davolab bo‘lmaydigan doimiy burun oqishi va yo‘tal;
– og‘izda, tanada va kiyimlarda g‘ayrioddiy hidlarning paydo bo‘lishi;
– uydan qimmatbaho kiyim-kechak va buyumlar, pullarning yo‘qolishi...
Ota-onalarga tavsiyalar
- Vahima qilmang. Ko‘pincha o‘smir bosim ostida zaharli moddalar yoki psixotrop dorilarni olishga majbur bo‘ladi. Birinchi daqiqalardanoq uning dushmani bo‘lmaslikka harakat qiling. U yashirinishi va yashirishi kerak odamga emas, muammoni yengishga yordam beradigan do‘stga aylaning.
- Ishonchni saqlab qoling. Qo‘rquvingiz sizni farzandingizga tahdid qilish, baqirish va bosim qilishga olib kelishi mumkin. Bu o‘smirni sizdan uzoqlashtiradi. Xulosa chiqarishga shoshilmang. Ehtimol, bu sizning farzandingizning zararli moddalar bilan birinchi va oxirgi tanishishidir. U bilan tengdosh sifatida gaplashish kattalardek muomala qilishdan yaxshiroq.
- Qo‘llab-quvvatlang. “Menga hozir qilayotgan ishingiz yoqmaydi, lekin men sizni hali ham yaxshi ko‘raman” – bu sizning o‘smiringizga yetkazishingiz kerak bo‘lgan asosiy g‘oya. U mehringizni his qilishi kerak, shunda u siz bilan bu haqda ochiq gaplasha oladi.
Qanchalik qiyin bo‘lmasin, ota-onalar o‘z farzandlari bilan psixofaol moddalarni iste’mol qilishning zarari va oqibatlari haqida gaplashishi juda muhimdir. Bolaning toksik yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishiga shubha tug‘ilsa, darhol u bilan gaplashishingiz kerak.
Ota-onalar o‘z farzandlarini hammadan ko‘ra yaxshiroq biladi. O‘smirning qiziqishi va sevimli mashg‘ulotini rag‘batlantiring (albatta dorilarni qo‘llashga bo‘lgan qiziqishlaridan tashqari), uning do‘stlari bilan qiziqing, ularni uyingizga taklif qiling. Va nihoyat, bolaga (o‘smirga) eng kuchli ta’sir sizning shaxsiy namunangiz bo‘lishini unutmang.
- Mutaxassisga murojaat qiling. Agar o‘smir toksik va psixofaol moddalarni iste’mol qilishga qaramlikni mustaqil ravishda bartaraf eta olmasligiga ishonchingiz komil bo‘lsa va siz unga yordam bera olmasangiz, mutaxassis shifokor bilan maslahatlashing. Uni har xil bosimlar bilan majburlashdan qoching. Turli shifokorlar bilan maslahatlashing, ishonchingiz komil bo‘lgan usul va shifokorni tanlang.
Farzandingizni qutqarish sizdan jiddiy va uzoq harakatni talab qilishi mumkinligiga tayyor bo‘ling.