Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

FAXRIM

31.3.2023 484

E’zoza ALIMOVA, O‘zMU magistranti, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi

Yuz yildan ziyodroq tarixing bordir,

Ajdodlar merosi o‘zingga yordir,

Bag‘ringda yurmog'im  chin iftixordir,

Men uchun azizsan, qutlug‘  dargohim.

 

Ko‘nglimda tog‘ kabi faxr va g‘urur,

Orzular qalbimga bag‘ishlar surur,

Barcha ustozlarga aytgum tashakkur,

Men uchun azizsan, qutlug‘  dargohim.

 

Senga ming bor qulluq, ey, oliygohim,

Ostonang mo‘tabar,  o‘zing panohim,

Nufuzing yuksakroq bo‘lsin, ilohim,

Men uchun azizsan, qutlug‘  dargohim.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish