Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

FUQAROLIGI BO‘LMAGANLAR “YOSHLAR DAFTARI”GA KIRA OLADIMI?

6.11.2022 254

Muhammadshukur MUHAMMADJONOV, “Yoshlar ovozi” muxbiri

“Yoshlar ovozi” gazetasi tahriri­yatiga “O‘zbekistonda istiqomat qiladigan chet el fuqarosi bo‘lgan yoshlarga qanday imkoniyat va imtiyozlar bor, ular “Yoshlar daftari”ga kira oladimi?” mazmuni­dagi murojaat kelib tushdi. Biz bu masala yuzasidan murojaatchi yosh bilan bog‘lanib, uning ahvoli­ni o‘rganishga harakat qildik.

Durdona Saidahmatova – 18 yosh,

Qozog‘iston fuqarosi, 15 yildan beri Qibray tumanida ota-onasi bilan is­tiqomat qiladi. Mirzo Ulug‘bek nomi­dagi O‘zbekiston Milliy universiteti­da tahsil oladi. Ota-onasi ham shu yerda issiqxonada gul yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Durdona “Yosh­lar daftari”ga kira oladimi, unga qanday imtiyozlar bor? Bu savolga javob olish maqsadida Yoshlar ish­lari agentligining Yoshlar bandligi va tadbirkorligiga ko‘maklashish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Jo‘rayevga murojaat qildik.

– Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi qaroriga mu­vofiq, “Yoshlar daftari”ga kirish yoki “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mab­lag‘lari hisobidan qo‘llab-quvvat­lash bo‘yicha 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki ularning va­kili (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili) hamda hech qaysi davlat fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxs ariza qoldirishi mumkin. Ya’ni chet davlat fuqarosi hisoblangan yoshlar “Yoshlar daftari”ga kira ol­maydi va daftardagi imkoniyatlar­dan ham foydalana olmaydi. Uni­versitet talabasi sifatida oliy taʼlim muassasasi tomonidan taqdim etilgan imtiyozlardan foydlanishi mumkin, deydi Sardor Jo‘rayev.

Durdona Saidahmatova O‘zbekiston hududida oilasi bilan 15 yildan beri vaqtinchalik ro‘yxatda turib yashab keladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish