Ma’lumki, keyingi yillarda dunyo miqyosida raqamlashtirish, raqamli texnologiyalar, IT sohasi rivojlanib bormoqda. Fidjital raqamli texnologiyalar asosida shakllangan sport o‘yinlaridir.
Fidjital inglizcha – digital – “raqamli” +, + physical “jismoniy” so‘zlardan olingan bo‘lib, ushbu o‘yin ikki formatdagi – virtual, ya’ni raqamli va jismoniy musobaqalarni birlashtirgan sport turi hisoblanadi.
Ikkala musobaqada eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchi o‘yin g‘olibi sanaladi. Fidjital sport o‘yinlari ham yakka, ham jamoaviy shaklda o‘tkazilishi mumkin.
Fidjital atamasi 2007-yilda Avstraliyaning Experience Design tashkiloti tomonidan o‘ylab topilgan. O‘zbekistonda ham fidjital sport o‘yinlari rivojlanib bormoqda.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Fidjital sport federatsiyasi tashabbusi bilan 2025-yilning 25-27-fevral kunlari Jamoat xavfsizligi universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari o‘rtasida “Fidjital” sport turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Mazkur musobaqada Qurolli Kuchlar, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyalari, Jamoat xavfsizligi universiteti, Mudofaa vazirligi axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti, Bojxona instituti, Harbiy aviatsiya institutining kursatnlari ishtirok etdi.
Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra, mini futbol bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi terma jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi, Jamoat xavfsizligi universiteti terma jamoasi esa faxli 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Bojxona instituti terma jamoasiga faxrli 3-o‘rin nasib etdi.
Musobaqaning taktik otish yo‘nalishi bo‘yicha Jamoat xavfsizligi universiteti terma jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi, Qurolli Kuchlar Akademiyasi terma jamoasi esa faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi terma jamoasiga 3-o‘rin nasib etdi.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar federatsiya tomonidan diplom, tegishli medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.