Gʻayrati nigohlaridan seziladigan yoshlarning iqtidorlarini roʻyobga chiqarishda, hayotda oʻz oʻrnini topishi yoʻlida imkoniyatlar bisyor
Yoshlarimizning jamiyatda oʻz oʻrnini topishi, muammolarini oʻrganish va bu borada amaliy yordam koʻrsatish borasida joylarda eʼtiborga munosib ishlar amalga oshirilmoqda
Jumladan, Toshkent tumanida DXX Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻI Abdugapur Axmedovning yoshlar bilan boʻlib oʻtgan navbatdagi muloqoti mazkur ishlarning mantiqiy davomi boʻldi.
Muloqot avvalida Abdugapur Axmedov tumandagi sport inshootlari, kutubxona, IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Tuman madaniyat markazida boʻlib oʻtgan suhbatda yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda yoshlarning yangi loyiha va tashabbuslari tinglandi.
- Oʻzim istiqomat qiladigan "Diydor" mahallasida shaxmat toʻgaragini tashkil qilmoqchiman, - deydi Sarvinoz Qilichova. – Menga mahallamizdagi yoshlarga shaxmatni oʻrgatishim uchun mahalla idorasidan boʻsh turgan xonani ajratishga amaliy yordam beriladigan boʻldi. Murojaatim eʼtiborsiz qolmaganidan, men kabi boshqa yoshlarning ham takliflari eʼtiborga olinganidan xursandman.
Yoshlarning murojaatlariga koʻra, takliflari yuzasidan amaliy yordam berish belgilab olindi.
Yoshlar bilan ishlash, ular bilan yaqindan hamkorlik qilishning imkoniyatlari koʻp.
Shu bois bu kabi muloqotlarni muntazam tashkil etib borish, muammolarni oʻz vaqtida yechimiga imkon boʻlishi bilan birga, samimiy muloqot maydonini yaratishga, ularning kelajagiga boʻlgan ishonch va umidini oshirishga ham xizmat qiladi.