Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Gʻazira”: otaliqqa olinganlar – 399 nafar

14.6.2024 1776

Olim BEGMANOV, Jomboy tumani “Gʻazira” mahallasi yoshlar yetakchisi  

Joriy yil 12-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar muammosini aniqlash, ularni huquq tartibot organlari va mudofaa organlariga biriktirish va muammolarini hal etish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda 7 toifadagi yoshlarni, ya’ni umumta’lim maktabi va professional ta’lim o‘quvchilari, OTM talabalari, migratsiyadagi yoshlar, ishsiz, jinoyatchilik sodir etishga moyilligi bor hamda qizil toifaga kiruvchi yoshlarni otaliqqa olish, ular bilan ishlash va muammolarini tizimli hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishdan so‘ng o‘zimda yanada ulkan mas’uliyat va ishonchni his qildim. Xonadonlarda o‘rganish olib borib, otaliqqa olinadigan yoshlarni xatlar ekanman, ularning muammolarini hal qilish vakolati aynan mening zimmamda ekanidan faxrlandim. O‘tkazilgan o‘rganish va xatlov natijalariga ko‘ra, Jomboy tumani “Gʻazira” mahallasida 399 nafar yosh otaliqqa olindi va tuman prokurori Jamshid Ahmedovga biriktirildi.

Alohida e’tiborga muhtoj yoshlardan 1 nafariga mebel sex ochib berildi, 2 nafari ishga joylashtirildi, 3 nafari qonuniy migratsiyaga yuborilib, firmalarga ishga joylashtirildi. 4 nafar yosh o‘zini o‘zi band qildi, 5 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, davolanish xarajatlari qoplab berildi. Og‘ir vaziyatga tushib qolgan 1 nafar yoshga bir martalik moddiy yordam ajratildi. 1 nafar yoshimizni probatsiya nazoratidan chiqarishga muvaffaq bo‘ldik.

Yoshlar bilan ishlarimiz, rejalarimiz bisyor. Bizning ortimizda shaxsan prezidentimiz turibdilar. Yoshlar yetakchilari – mening vakillarim deya bizga bildirilgan ishonchni, mas’uliyatni, albatta, oqlaymiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish