Toshkent viloyatining “Amirsoy” dam olish maskanida “BEFIT RACE” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 12 mamlakatdan kelgan 400 nafardan ortiq ishtirokchilar “Sprint”, “Elit”, “Team sprint” yoʻnalishlari boʻyicha yakka va jamoaviy tarkibda bellashdi.
Sportchilarning chidamliligi, chaqqonligi va tezkorligini aniqlab bergan musobaqa natijalariga koʻra, “Elit” yoʻnalishi gʻolibi 12 million soʻm, “Team sprint” yoʻnalishi gʻolibi 6 million soʻm, “Sprint” yoʻnalishi gʻolibi 3 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Shuningdek, tashkilotchilar tomonidan, gʻolib va sovrindorlarga medal, sertifikat hamda esdalik sovgʻalar topshirildi.