Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Har oy 6 million so‘m

25.5.2023 697

Ziyoda RAHIMBOYEVA tayyorladi.

Yoshlar ishlari agentligi yoshlarning mutolaaga qiziqishini yanada kuchaytirish, faol kitobxonlar safini kengaytirish, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, kitobxonlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish maqsadida “Zukko kitobxon” tanlovini o‘tkazmoqda.

Tanlov yil davomida – har oy 2 bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi – saralash bosqichida (har oyning 25-sanasigacha) @yoshkitobxonuz telegram kanalida e’lon qilingan kitoblar asosida tuzilgan 25 ta test savoli @kitobxontestbot manziliga joylashtiriladi. Har bir savolga to‘g‘ri javob bergan tanlov ishtirokchisi 4 balga ega bo‘ladi.

Test natijalariga ko‘ra, tuman (shahar)lar kesimida eng qisqa vaqtda eng ko‘p ball to‘plagan 6 nafar ishtirokchi saralanadi va ishtirokchilardan tuman (shahar) jamoasi shakllantiriladi. Bu jamoa tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Ikkinchi – hududiy bosqich har oyning so‘nggi 5 kunligida tuman (shahar)dan shakllangan jamoalar o‘rtasida 30 ta savol doirasida savol-javob tarzida o‘tkaziladi.

Tanlovda “Yosh kitobxon”, “Yosh kitobxon oila” tanlovlarining respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan kitobxonlardan tashqari barcha kitobxonlar ishtirok etish huquqiga ega. Tanlovda ishtirokchilar o‘zlari yashayotgan yoki o‘zlari o‘qiyotgan (ishlayotgan) muassasa joylashgan hududdan @kitobxontestbot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tadi va ishtirok etadi.

Tanlov g‘olibi, sovrindor va ishtirokchilar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

1-o‘rinni egallagan jamoa – 6 million so‘m (har bir ishtirokchiga 1 million so‘mdan) pul mukofoti;

2-o‘rinni egallagan jamoa – 4 million 200 ming so‘m (har bir ishtirokchiga 700 ming so‘mdan) pul mukofoti;

 3-o‘rinni egallagan jamoa – 3 million so‘m (har bir ishtirokchiga 500 ming so‘mdan) pul mukofoti.

Qolgan barcha jamoalar – 300 ming (har bir ishtirokchi 50 ming) so‘m bilan rag‘batlantiriladi.

Tanlovning dastlabki may oyida “Jadidlar” to‘plamidan Mahmudxo‘ja Behbudiy, “Dunyoning ishlari”(O‘tkir Hoshimov), “Atom odatlar” (Jeyms Klir) kitoblarni o‘qish rejaga kiritilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish