Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Har yili 7 million inson havoning ifloslanishidan bevaqt oʻlim topadi

13.3.2023 599

Marjona QURBONOVA tayyorladi.

“Ekoovoz” loyihasida atrof-muhit tozaligi va uni qanday asrashimiz toʻgʻrisida maqolalar chop etib borilmoqda. Bugun sanoat ekologiyasi haqida gaplashamiz. “Ekoovoz” loyihasida atrof-muhit tozaligi va uni qanday asrashimiz toʻgʻrisida maqolalar chop etib borilmoqda. Bugun sanoat ekologiyasi haqida gaplashamiz.

Sanoat “inqilobi”

Sanoat deb xomashyo, material, yoqilgʻi, energiya va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar (zavod, fabrika, shaxta, elektr stansiyasi va hokazo) majmuasiga aytiladi. Sanoat xalq xoʻjaligining muhim qismidir. Lekin yurtimizda faoliyat olib borayotgan baʼzi sanoat korxonalari ishlab chiqarishda ekologik qonunchilikka yetarlicha rioya qilmagani sababli havo ifloslanib, havodan yuquvchi kasalliklar koʻpaymoqda. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar. Ularni, asosan, ikki guruhga boʻlamiz: atrof-muhitni ifloslantiruvchi kimyoviy moddalar va kimyo sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan kimyoviy preparatlar. Shubhasiz, sanoat faoliyati mamlakat iqtisodiyotida katta rol oʻynaydi. Ammo ularning oʻziga yarasha zararlari ham yoʻq emas. Sanoat korxonalaridan chiqayotgan zaharli moddalar nafaqat insonlarga, balki atrof-muhitga ham salbiy ta’sir koʻrsatmoqda.  

Atmosferaga chiqariladigan gazlar va aerozollar tarkibida 160 ga yaqin zararli moddalar borligi aniqlangan. Qora va rangli metallurgiya, sement sanoati, neft va kimyo sanoatining havoni ifloslashda ulushi katta. Ular atmosferaga chiqindi bilan birga, turli kimyoviy tarkibga ega boʻlgan changlarni: ftor, azot oksidi, karbonat angidrid, oltingugurt angidridi chiqaradi. Zaharli moddalar nafas yoʻllari kasalliklari: bronxit, emfizema, astmani keltirib chiqaradi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining hisobotiga koʻra, har yili havoning ifloslanishidan 7 millionga yaqin inson bevaqt oʻlim topadi. Oʻlim sabablari orasida qon tomirlari, yurak kasalliklari va oʻpka saratoni mavjud. Qonun himoyalay oladimi? Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 85-88-moddalari shu mavzuga bag‘ishlangan. Ya’ni korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini belgilangan tartibda qoplashi shart. Zararning oʻrnini qoplash aybdorni javobgarlikka tortishdan ozod etmaydi. Sanoat korxonalarining chiqindilarini kamaytirish uchun, avvalambor, ilgʻor texnologiyalardan foydalanish lozim. Bunda eng asosiy maqsad, inson salomatligini asrash va tabiiy resurslarni tejash, shu bilan birga, atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish