Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

HARBIY YETAKCHILAR TAQDIRLANDI

14.1.2023 62

Muhammadshukur MUHAMMADJONOV, “Yoshlar ovozi” muxbiri

Poytaxtimizdagi Yoshlar press klubida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattorov hamda harbiy tuzilmalardagi yoshlar yetakchilari, shuningdek, yosh harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavsizlik xizmati chegara qo‘shinlari, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligida faoliyat yuritib kelayotgan boshlang‘ich tashkilot yetakchilari tomonidan 2022-yil davomida yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Shuningdek, tashkilotlarda yoshlar masalasida uchrayotgan muammolar yoshlar tashkiloti rahbarlariga bildirilib, ular yechimi muhokama qilindi.

Bundan tashqari, harbiy tuzilmalarda 2023-yilda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jinoyatchilik profilaktikasi va huquqiy savodxonlikni yuksaltirishdagi “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, muhim vazifalar belgilandi.

Tadbir so‘ngida yoshlar yetakchilari Yoshlar ishlari agentligining maxsus sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish