Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

HARBIYLAR ZAKOVATI SINALDI

14.1.2023 293

Husanboy POSHSHOXONOV, Yoshlar ishlari agentligining Namangan viloyati boshqarmasi Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha mutaxassisi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda 14-yanvar  –Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida harbiy xizmatchi yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Har bir jamoa vakillari berilgan savollarga tez va to‘g‘ri javob berish orqali o‘zlarining qobiliyati, bilimi va intellektual salohiyatini namoyish etdi.

Bilimdonlar bahsining yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Namangan viloyati bojxona boshqarmasi jamoasi qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoasiga, 3-o‘rin esa Ichki ishlar vazirligiga qarashli Namangan akademik litseyi jamoasiga nasib etdi.

O‘yin yakunida g‘oliblar va faol ishtirok etgan jamoa vakillari diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish