Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

HARBIYLARNING DILBANDIMAN

11.1.2023 327

Nozima RAVSHANOVA, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2-kurs talabasi

Vatanparvarlik — yurtni sadoqat va mehr ila sevish, el-ulus tinchligi uchun o‘z halovatidan kechishga tayyor bo‘lish demak. Bunday katta matonat, hatto o‘z jonini fido qilishdek mardlik faqatgina vatanimiz himoyachilari va oilalar ustuni bo‘lgan er yigitlarga xos bo‘lsa kerak!

Harbiy oila farzandiman. Oilamizda ma’naviy qadriyatlar ulug‘lanadi, sabr-qanoat o‘rgatiladi. Tog‘am Jonibek Qulliyev bir necha yillar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Samarqand viloyatida xizmat qilgan, harbiy tahsil olgan. U o‘n to‘rt yildan buyon Vatan himoyasiga bel bog‘lagan. Tog‘alarim Sattorovlar ayni paytda Surxondaryoda yigitlik burchini o‘tamoqda.

Xalqimizning uylarida to‘y va bayramlar jamul-jam nishonlanishi urf bo‘lsa-da, ko‘p hollarda biznikilar harbiy qasamyodiga sodiq holda xizmat vazifasida bo‘ladi. Ular  biz uchun, yoshlar-u keksalar, xalqimiz uchun ona yerimizni himoya qilish, o‘z qorachig‘iday asrashga ahd qilganini o‘ylashning o‘zi faxr. Vatanparvarlik, mardlik o‘zbeklarning qon-qoniga singib ketganini ko‘p o‘qiganmiz, momolarimiz matallarida tinglaganmiz, albatta. Endi biroz ulg‘ayib, jasurlikni va “harbiylarning dilbandiman” degan tuyg‘uni his etish o‘zgacha baxt ekanini his etmoqdaman.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish