Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Havaskorlikdan professionallikka

29.3.2023 211

Ziyoda RAHIMBOYEVA Foto: Murodbek YUSUPOV

 “Toshkent fotolar uyi”da eshitishida nuqsoni bor, havaskordan professionallik sari qadam qoʻygan yigit-qizlarning ijodiy ishlari namoyish etildi.

Loyiha asoschilaridan biri, mahoratli fotograf Husniddin Ato tadbir avvalida soʻzga chiqib, bitiruvchilardagi intiluvchanlik, ishtiyoqni alohida taʼkidladi. Nuqson maqsadlar yoʻlida toʻsiq boʻlolmasligini anglagan boʻlajak fotograf yoshlarga sertifikatlar topshirilib, iliq tilaklar bildirildi.

– Ustozlarimiz fotografiya kursi davomida kutganimizdan ham koʻproq bilim berdi, tajribalarimizni oshirdi. Endi oʻzimizni professional deb bemalol ayta olamiz, – deydi yosh fotograf Huvaydo Ibragimova.

Koʻrgazma 30-martga qadar davom etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish