Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Haydovchiga qanday hollarda avtotransport vositasini boshqarishi taqiqlanadi?

25.11.2023 581

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Huquqiy munosabat

Ma’lumki, avtotransport boshqarishning ham o‘ziga xos qonun-qoidalari bor. Jumladan, tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi nosoz bo‘lgan, sutkaning qorong‘i vaqtida yoki ko‘rinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlarini yoqmaslik jiddiy xatolardan hisoblanadi.  

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Javohir Eshonqulov bu borada batafsil tushuntirish berdi.  

–Avtotransport boshqarishda yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish ta’qiqilanadi!  

Shuningdek, sutkaning yorug‘ vaqtida, transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda, yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobuslar va yo‘nalishli transport vositalarida, bolalar guruhini tashkiliy tashishda, xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda, mexanik transport vositalarini shatakka olishda hamda kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) sharoitida mototsikl va mopedlarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi kerak?!  

–Haydovchi yana qanday hollarda avtotransport vositasini boshqarishi taqiqlanadi?  

Sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik va betoblik holatida boshqarish, har qanday mastlik holatida, tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi bo‘lmaganda ham haydovchi avtotransport vositasini boshqarishi taqiqlanadi.  

Shu bilan birga, yo‘l varaqasida yoki transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ism-familiyasi ko‘rsatilmagan (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanilishini hisobga olgan holda tuzilgan hollardan tashqari) shaxslarga transport vositasini boshqarish uchun topshirish ham taqiqni keltirib chiqaradi.  

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish