Xabaringiz bor, Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tashabbusi bilan alohida faol va tashabbus ko‘rsatgan mahalla yoshlari yetakchilari, shuningdek, o‘g‘il-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishni tashkil etgan faollarni rag‘batlantirish uchun 380 million 400 ming so‘m ajratilgan edi.
Jumladan, shunga asosan eng faol 88 nafar yetakchilarga 2 million so‘m miqdorida pul mukofotlari yetkazib berildi.
Shu kunlarda esa ana shunday tashabbuskor, eng faol 88 nafar yetakchilarning ota-onalariga viloyat hokimi tashakkurnoma yo‘lladi.
Tuman va shahar mutasaddilari yoshlar yetakchilarining xonadonida bo‘lib, ularning ota-onasiga viloyat rahbarining e’tirofi va rag‘batini yetkazishdi.
— Kamtarona mexnatimiz shaxsan Toshkent viloyati hokimi tomonidan munosib rag‘batlantirilganidan xursandman. Bu e’tibor bizga chinakam ma’nodagi motivatsiya bo‘ldi. Ayniqsa, onamning ko‘zidagi quvonch yoshlarini ko‘rib yoshlar yetakchisi ekanimdan faxrlandim, — deydi Oqqorg‘on tumani Qo‘rg‘ontepa mahallasi yoshlar yetakchisi Ilhom Ahmedov.
Ma’lumot uchun, yaqin kunlarda eng faol yetakchilar uchun Samarqanddagi tarixiy obidalarga sayohat tashkil etiladi.