Farg‘ona viloyatidagi umumta’lim maktablarida, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda hamda barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida;
Buxoro viloyatidagi umumta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida;
Sirdaryo viloyatidagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida;
Xorazm viloyatidagi umumta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida;
Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalarida;
Namangan viloyatidagi umumta’lim maktablarida, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda, barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar hamda oliy o‘quv yurtlarida dars jarayonlari 18-yanvardan boshlanishi ma’lum qilindi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki taʼtil 18-yanvargacha uzaytirildi.
Toshkent viloyatidagi barcha umumtaʼlim maktablarida qishki taʼtil vaqti 18-yanvargacha.
Surxondaryo viloyatidagi maktablar, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda barcha bog‘chalarda qishki ta’til 18-yanvarga qadar uzaytirildi.
Qashqadaryo viloyatidagi barcha maktablar va bog‘chalarda, shuningdek, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari 18-yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.
Navoiy viloyatidagi 350 ta maktab, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda hamda bog‘chalarda qishki ta’til 18-yanvarga qadar uzaytirildi.
Zarafshon shahridagi 13 ta maktabda esa o‘quv jarayoni 16-yanvardan boshlanadi.