Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Hukumat tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etiladi

27.4.2023 1314

Prezident “Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat davlat va jamiyat hayotida davlat tilining nufuzini oshirish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qoʻllanish doirasini kengaytirish, davlat tilining zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida tutgan oʻrni va rolini oshirish maqsadida qabul qilingani aytiladi.

Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilyapti.

Belgilanishicha, Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilishi munosabati bilan qoʻshimcha ajratilayotgan shtat birliklari Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasining 5 ta shtat birliklarini qisqartirish hisobidan kiritiladi.

Oʻzbekiston prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son farmoniga oʻzgartirish kiritiladi.

Adliya vazirligi bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish