“Ibrat farzandlari” loyihasi til o‘rganish istagidagi minglab yoshlarning orzularini ro‘yobga chiqarmoqda.
Kimyo fani o‘qituvchisi – navoiylik Ozoda Sadinova “Ibrat farzandlari” loyihasi ko‘magida ingliz tilini o‘rganmoqda.
– Til o‘rganish uchun hech qachon kech emas, – deydi Ozoda Sadinova. – Hozir oila davrasida farzandlarim bilan, ishda esa hamkasblarim bilan har kuni ozgina vaqt ajratib, ingliz tilini bepul o‘rganyapman. Maqsadim – ingiliz tilini mukammal o‘rganish. “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali nafaqat ingliz tilini, balki nemis, ispan, turk, rus, yapon, xitoy, koreys kabi tillarni ham o‘rganish mumkin.
Bugun Ozoda singari minglab navoiylik yoshlar “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali bepul til o‘rganmoqda.