Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Ibrat farzandlari” BEPUL TIL O‘RGANING!

21.1.2023 8064

Marjona QURBONOVA, “Yoshlar ovozi” muxbiri

Yoshlar ishlari agentligi yoshlarning chet tillarini mustaqil oʻrganishiga yordam berish maqsadida “Ibrat farzandlari” loyihasini yoʻlga qoʻydi. Endi siz koʻchaga chiqmay, pul sarflamay, hech qanday anketa va ilovalarni toʻldirmay, YouTube platformasida www.ibtarfarzandlarini terish orqali ingliz, nemis, rus, turk va oʻzbek tillarini (xorijliklar uchun) o‘rganishingiz mumkin.

Boʻsh vaqtingizda istagan tilingizni boshlangʻich pogʻonadan bemalol oʻrganish imkoniyatiga egasiz. Darslarni professional ustozlar oʻtmoqda. Darslarni koʻrish davomida mavzuga oid savol tugʻiladigan boʻlsa, ularni izohlarga yozib qoldirasiz va izohlarga doimiy javob berib boriladi. Tez orada onlayn darsliklar uchun ilova ham yaratiladi.

Yana bir ajoyib tomoni, yaqin kunlarda oʻrgangan bilimlaringizni @ibtarfarzandlari telegram kanalidagi bot orqali savol-javob tariqasida mustahkamlashingiz mumkin. Ayni paytda fransuz, italyan, ispan, xitoy, koreys va arab tillari darslari ham tayyorlanish jarayonida.

“Ibrat farzandlari” loyihasidan koʻzlangan maqsad, chekka viloyatdagi yoshlarga, shu bilan birga, til oʻrganish maqsadida boʻlgan barchaga oson va yuqori sifatda til oʻrganishiga yordam berishdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish