Navro‘zbek ASROROV - 28 yoshda. Matras tayyorlovchi usta. Jizzax viloyati Yangiobod tumanidagi “Sovot” mahallasida yashaydi.
Murojaat maqsadi:
ishlab chiqarish uchun imtiyozli kredit so‘ragan.
Yoshlar yetakchisi Eldor Xudoyberdiyev Navro‘zbekning xonadoniga borib, oilaviy holatini o‘rgangan va “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga olgan.
Oilaviy holati:
– ehtiyojmand oila;
– bolaligi qiyinchilikda o‘tgan;
– oilada 6 kishi: ota-onasi, ukasi, turmush o‘rtog‘i, 1 nafar farzandi va o‘zi;
Ahvoli:
– oilada yagona boquvchi;
– ma’lumoti o‘rta-maxsus;
– doimiy daromad manbayiga ega emas;
– norasmiy band;
– usta-hunarmand Nurullo Ro‘zimurodovdan matras ishlab chiqarishni o‘rgangan.
Natija:
– ishlab chiqarish uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan 33 million so‘m imtiyozli kredit oldi;
– matros ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi;
– o‘zini rasmiy band qildi;
– 2 nafar ish o‘rni yaratdi;
– o‘rtacha oylik daromadi 6-7 million so‘m;
– mahalladagi yoshlarga o‘z hunarini o‘rgatmoqda;
– 3 nafar shogirdi bor;
– mahsulotlari ichki bozorni egallagan.