Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Ijarada yashaydigan talabalar soni qancha?

28.3.2023 296

Davlat soliq qo‘mitasi talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari, shuningdek, ijarada yashovchi talabalar soni haqida ma’lumot berdi.

2023-yil 1-mart holatiga ko‘ra, soliq organlarida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari soni jami 307 063 tani tashkil etgan.

Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 228 ming 500 ta ijara shartnomalari asosida 21,7 milliard so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 53,7 foizga va hisoblangan daromad solig‘i summasi 34,4 foizga oshgan.

Bunda:

• talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari soni – 50 976 ta;
• ijarada turuvchi talabalar soni – 83 018 nafar.

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 7,8 milliard so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.

Shuningdek, yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 78 ming 500 ta ijara shartnomalari asosida 39,8 milliard so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 25,9 foizga va hisoblangan daromad solig‘i summasi 35,6 foizga oshgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish