Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Ikkilamchi bozordagi uy-joy narxlari ham "osmon"da

22.2.2024 203

Yoshlar ovozi

Toshkentda 2024-yilning yanvar oyida ikkilamchi bozordagi uy-joylarning o‘rtacha narxi 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan deyarli 20 foizga oshdi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining ko‘chmas mulk bozori bo‘yicha sharhida.

Yanvar oyining o‘zida poytaxtdagi ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi deyarli o‘zgarmagan va bir kvadrat metr uchun 1122 dollarni tashkil etgan. Bektemir, Sergeli va Yashnobod tumanlarida narxlar biroz oshgani qayd etilgan.

Markaz O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori barqarorligicha qolayotganini qayd etgan. Ijara bozorida talab pasayishda davom etmoqda. Tahlilchilar mavsumiy pasayish kuzatilayotganiga qaramay, Uchtepa, Bektemir va Sergeli tumanlarida faollik oshganini qayd etgan.

Yanvar oyida O‘zbekistonda qariyb 22 mingta uy-joy sotilgan, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 20 foizga ko‘p.

Uy-joylar savdosi Xorazm (75 foiz), Sirdaryo (51 foiz), Samarqand (48 foiz) va Surxondaryo (42 foiz) viloyatlarida sezilarli darajada oshgani qayd etilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish