Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Imkoniyatlar baxt formulasini yaratadi

25.4.2023 1464

Islomjon MUHAMMADJONOV, Fargʻona tumanidagi “Obod” mahallasi yoshlar yetakchisi

Mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga olish jarayonida Nodiraxon bilan ham gaplashdim. Oilada 4 qiz, otasiz katta boʻlgan. Onasi va opasi kasal, Nodira oilaning bor masʼuliyatini o‘z zimmasiga olgan.

U sartaroshlikka qiziqadi. Biroz ko‘mak boʻlsa, oʻz ishining ustasiga aylanishiga ko‘zim yetdi. Ustozidan hunarning sir-asrorini oʻrganayotgan qizga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun imkoniyatlar borligi haqida maʼlumot berdim. So‘ng subsidiya asosida sartaroshlik asbob-uskunalari ajratdik. Qishloq markazida tadbirkorlik faoliyatini olib borishi uchun imtiyozli ijara asosida zarur sharoitlar yaratdik. Nodiraxon bugun atrofiga 2 nafar qizni birlashtirdi, oylik daromadi esa 2-3 million soʻmni tashkil qilmoqda.

Xotin-qizlarimizning jamiyatda faol, maʼnan sogʻlom va oilaviy xotirjam yashashlari uchun birinchi navbatda moliyaviy himoya zarur. Ishonamizki, Nodiraxon berilgan imkoniyatlardan foydalanib, shaxsiy baxt formulasini yarata oladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish