Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi “Nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida nogiron yoshlarnig subsidiya olishi uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari (YIDX) portali orqali elektron davlat xizmatlari ishga tushirilgan. Har yili 500 nafargacha nogiron yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash yoki asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilishi uchun bazaviy hisolash miqdorining 50 baravarigacha subsidiya ajratilishi belgilangan.
YIDX portali orqali subsidiya olish uchun yuborilgan arizalar soni:
2022-yilda – 219 ta
2023-yil 1-may holatiga – 1 155 ta
Subsidiya olgan yoshlar:
2022-yilda – 261 nafar
2023-yil 1-may holatiga – 215 nafar
Ajratilgan mablag‘:
Jami: 5 mlrd. 160 mln. so‘m
NATIJA:
356 nafar yoshning bandligi ta’minlandi.
(MISOL)
Samarqand shahrilik Muqaddas Xolboyeva imkoniyati cheklangan yoshlardan. Anchadan buyon munosib ish topa olmayotgandi. Tikuvchilikka qiziqsa-da, tikuv mashina olishga moddiy imkoniyati yo‘q edi. YIDX portali orqali subsidiya asosida tikuv mashinasi olish uchun ariza yuborgach, unga 3 ta – 1 ta overlok, 2 ta to‘g‘ri chok tikadigan tikuv mashinasi berildi. Natijada Muqaddas o‘zini o‘zi band qilib, daromad ham topyapti. O‘rtacha oylik daromadi 2 million so‘m. Quvonarlisi, u o‘zi kabi 4 nafar nogiron qizni ham ish bilan ta’minladi.
ENG YIRIK LOYIHALAR
“Inklyuziv O‘zbekiston” – nogiron, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda iqtidorli yoshlar uchun bepul sayohat.
2022-yil – 700 nafar yosh Samarqand, Buxoro, Xorazm, Shahrisabz kabi tarixiy shaharlarga sayohat qilgan.
2023-yil – 4 500 nafardan ziyod yosh sayohat qilishi rejalashtirilgan.
Shu kunga qadar – 11 marotaba sayohat tashkil etilib, 500 nafardan ziyod yoshlar jalb etildi.
“Iqtidor” – Mehribonlik uyi, “SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari” va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari uchun kasb-hunar oromgohi.
Joriy yil oromgohning 3-mavsumi tashkil etildi.
Shu kunga qadar – 800 nafar yoshga o‘z iqtidorini namoyon etishiga ko‘maklashildi.
30 yoshgacha bo‘lganlar – 19 milliondan ziyod
Nogiron yoshlar – 122 ming nafar
Hammasi, avvalo, insonning oʻziga bogʻliq. Biz esa bu yoshlarga o‘zini kashf etishida ko‘maklashamiz, xolos!