Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Imtiyozli ta’lim krediti kimlarga ajratiladi?

16.8.2023 3626

Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki Moliyaviy savodxonlik va ommaboplikni oshirish departamenti

Imtiyozli ta’lim kreditlari O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xorijiy, davlat, nodavlat, oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga ajratiladi.

Kredit oluvchining doimiy daromad manbayiga ega bo‘lgan oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar ta’lim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.

Imtiyozli ta’lim krediti qancha muddatga ajratiladi?

Rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga. Agar talaba 1-kurs bo‘lsa, 11 yil 7 oy muddatgacha kredit to‘lovlarini to‘lashi mumkin. Imtiyozli ta’lim krediti talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontraktda ko‘rsatilgan miqdorda ajratiladi.

Ta’lim krediti tijorat banklari tomonidan kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasida (ayni paytda 14 foiz) ajratiladi. Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutonasib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoldiriladi.

Xotin-qizlar uchun foizsiz!

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-avgustdagi 457-sonli qaroriga asosan, xotin-qizlar uchun ta’lim kreditlari foizsiz (0 % stavkada) ajratiladi.

Qanday hujjatlar talab etiladi?

  • ariza;
  • mijoz shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
  • kredit ta’minoti;
  • ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma.

Qanday ta’minot turlari kerak?

  • mol-mulk va qimmatli qog‘ozlar garovi;
  • uchinchi shaxs kafilligi;
  • kredit qaytmaslik xatari sug‘urta polisi.

Imtiyozli ta’lim krediti qanday hollarda ajratilmaydi?

Imtiyozli ta’lim krediti tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun hamda qo‘shma ta’lim dasturlarining O‘zbekistondan tashqaridagi o‘qish davri uchun ajratilmaydi.

Qaysi banklarga murojaat qilish kerak?

Kredit oluvchi ta’lim kreditini olish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga murojaat qilishi mumkin.

Vazirlik bilan bosh bitim imzolagan tijorat banklari ro‘yxati:

  1. “Mikrokredit bank”;     “Turon bank”;
  2. “Asaka bank”;                          “Orient Finans Bank”;
  3. “Agrobank”;                           “Milliy bank”;
  4. “Xalq banki;                             “O‘zsanoatqurilishbank”;
  5. “Ipoteka bank”;                             11. “Hamkorbank”;
  6. “Qishloqqurilishbank”;    “Aloqa bank”.

 

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish